Vanessa Nuala Kirby[2] (talaffuzi: Vanessa Nuala Kirbi; 1988-yil 18-aprelda, tugʻilgan) — ingliz aktrisasi. The Crown teleserialidagi roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida BAFTA sovrindori[3]. Pieces of a Woman filmidagi roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild mukofotlariga nomzod[4].

Vanessa Kirby

Kirby (2018)
Tavalludi 18-aprel 1988-yil (1988-04-18) (36 yosh)[1]
Wimbledon, London, Angliya
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2010 — hozir

Dastlabki yillar tahrir

Vanessa Kirby 1988-yil 18-aprelda Londonda tugʻilgan. Onasi „Country Living“ jurnalining muharriri, otasi esa urologik jarroh boʻlgan[5]. Vanessa Lady Eleanor Holles maktabini, Exeter universitetini va London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasini tamomlagan[6].

Karyerasi tahrir

Kirby aktrisalik faoliyatini „Octagon“, „Royal Court“ va „Qirollik milliy teatri“ kabi bir qancha teatrlarda rollar ijro etishdan boshlagan. U teatrdagi faoliyati davomida William Shakespearening A Midsummer Night's Dream va Tennessee Williamsning A Streetcar Named Desire pyesalariga asoslangan spektakllarda rol oʻynagan[7].

U 2010-yilda Love/Loss filmida suratga tushgan[8]. 2011-yilda The Hour va Great Expectations kabi teleseriallarning bir necha qismlarida rol oʻynadi. Uning Labyrinth va The Crown seriallaridagi roli unga mashhurlik keltirdi[9].

2018-yilda u Tom Cruise bilan birga Mission: Impossible – Fallout filmida rol oʻynadi[10].

2020-yil 4-sentabrda 77-Venetsiya kinofestivalida Pieces of a Woman filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Kirby mazkur filmda Martha Weiss rolini gavdalantirgan. Bu roli ortidan u „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Volpi kubogini oldi[11], shuningdek, „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscar, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild mukofotlariga nomzod boʻldi[12].

Shaxsiy hayoti tahrir

Kirby ingliz aktyori Callum Turner bilan uzoq muddatli munosabatda boʻlib, u bilan Queen & Country (2014) filmida rol oʻynagan. 2020-yil fevral oyida juftlik ajralishdi[13].

Filmografiyasi tahrir

Filmlar tahrir

YilNomRolIzohlar
2010Love/LossJane
2012The RiseNicola
NoraYosh ayolQisqa metrajli film
2013Charlie CountrymanFelicity
About TimeJoanna
2014The ExchangeAyolQisqa metrajli film
InsomniacsJadeQisqa metrajli film
Queen & CountryDawn Rohan
National Theatre Live: A Streetcar Named DesireStella Kowalski
Off the Page: Devil in the DetailsJessicaQisqa metrajli film
2015Jupiter AscendingKatharine Dunlevy
Bone in the ThroatSophie
EverestSandy Hill
2016GeniusZelda Fitzgerald
Kill CommandKatherine Mills
Sen bilan uchrashgunchaAlicia Dewares
2018Mission: Impossible – FalloutAlanna Mitsopolis / White Widow
2019Mr Jones Ada Brooks
Fast & Furious Presents: Hobbs & ShawHattie Shaw
2020Pieces of a WomanMartha Weiss
The World to ComeTallie
2021Italian StudiesAlina Reynolds
2022The SonBeth
2023Mission: Impossible – Dead Reckoning Part OneAlanna Mitsopolis / White WidowPost-production
NapoleonEmpress JosephinePost-production
2024Mission: Impossible – Dead Reckoning Part TwoAlanna Mitsopolis / White Widow

Teleseriallar tahrir

YilNomRolIzohlar
2011The HourRuth Elms3 qism
Great ExpectationsEstella HavishamMini-serial; 3 qism
2012LabyrinthAlice TannerMini-serial; 2 qism
2013Agatha Christie's PoirotCelia RavenscroftQism: „Elephants Can Remember“
2015The DresserIreneTelevizion film
The Frankenstein ChroniclesLady Jemima HerveyBosh rol; 7 qism
2016-2017
2022
The CrownMalika MargaretBosh rol (1—2-fasl)

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir