Nimrat Kaur hind filmlarida va Amerika televideniyesida suratga tushuvchi hind aktrisasi. U oʻz faoliyatini model sifatida boshlagan va teatrda aktyorlik kasbini davom ettirgan. Bir nechta filmlarda qisqacha rol oʻynaganidan soʻng, Kaur 2012-yilgi Cannes kinofestivalida namoyish etilgan Anurag Kashyapning Peddlers filmida rol ijro etgan. U 2013-yilgi Cannes kinofestivalida namoyish etilgan Irfan Khan ishtirokidagi tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan The Lunchbox filmidagi oʻzining ajoyib roli bilan ommaga tanilgan.

Nimrat Kaur
Tavalludi 13-mart 1982
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa, model
Faoliyat yillari 2002–hozirgacha

2015-yilda Kaur Amerikaning Homeland teleserialining toʻrtinchi mavsumida Inter-Services Intelligence (ISI) agenti Tasneem Qureishi rolini ijro etgan. Keyin u Akshay Kumar bilan birga Airlift urush trillerida suratga tushgan. 2016-yilda Kaur Amerika Wayward Pines teleserialining ikkinchi mavsumida Rebekka Yedlin obrazida namoyish boʻlishni boshlagan.

Faoliyati

tahrir

Taʼlimdan keyin Kaur Mumbayga koʻchib oʻtgan va bosma model sifatida ishlagan. U Baghdad Wedding (2012), All Abou Women va Red Sparrow kabi spektakllarda rol ijro etgan teatr aktrisasi sifatida ishlay boshlagan. Kaur Sunil Shanbag va Manav Kaul kabi rejissorlar bilan ishlagan.[1]

Kaur 2004-yilda Kumar Sanuning „Tera Mera Pyar“ va Shreya Ghoshalning „Yeh Kya Hua“ qoʻshiqlari uchun ikki qismli musiqiy videoda suratga olingan. Videolarga yozuvchi-muharrir Apurva Asrani boshchilik qilgan.[2] Kaur televideniye reklamalarida ham suratga tushgan.[3]

Kaur oʻzining kinodagi debyutini Rjasthonda suratga olingan One Night Witj the King (2006) ingliz filmidagi kichik rolini ijro etish bilan qilgan. Uning hind filmidagi debyuti 2012-yilda Anurag Kashyap tomonidan ishlab chiqarilgan Peddlers filmida boʻlgan. Film Cannes kinofestivalida yaxshi baholangan.[4]

Kaur Cadbury Silk reklamasida paydo boʻlganida omma eʼtiboriga tushgan.[5]

2014-yilda Kaur Amerikaning Homeland teleserialining toʻrtinchi mavsumida ISI agenti Tasneem Qureishi sifatida suratga tushgan.[6][7] Oʻsha yili u Rajkummar Rao bilan birga Saurabh Shukla rejissyori boʻlgan hali nomlanmagan psixologik dramada rol oʻynashga vaʼda bergan.[8]

Filmografiyasi

tahrir

Filmlarda

tahrir
YilSarlavhaRolIzohlar
2005YahaanYangiliklar boshlovchisi
2006One Night with the KingSarah
2010EncounterQisqa metrajli film
2012PeddlersKuljeet
2012Luv Shuv Tey Chicken KhuranaMuskaan KhuranaKameo
2013The LunchboxIlaNominatsiya—IIFA Award for Best Actress[9]

Nominatsiya—Screen Award for Best Actress
2015El’ayichiPaduQisqa metrajli film[10]
2016AirliftAmrita KatyaalNominatsiya — BIG Zee Most Entertaining Actor in a Thriller Film — Female
2022DasviBimla Devi[11]

Televideniyeda

tahrir
YilSarlavhaRolTarmoqIzohlarMnb.
2014; 2020HomelandTasnim QureyshiShowtimeTakroriy rol (4-mavsum)
Bosh rol (8-mavsum)
[12]
2016Wayward PinesRebekka YedlinFoxAsosiy (2-mavsum)[13]

Manbalar

tahrir
  1. „Stage of reason“. The Hindu (2012-yil 29-mart). Qaraldi: 2013-yil 19-avgust.
  2. „Personal Agenda: Nimrat Kaur“ (2013-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
  3. „'The Lunchbox' new stills: Why Nimrat Kaur is a talent to watch out for“. IBN Live (2013-yil 16-sentyabr). 2013-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
  4. Young, Deborah. „Peddlers-Cannes-Review“. Hollywoodreporter.com (2012-yil 21-may). Qaraldi: 2013-yil 4-iyul.
  5. „New Cadbury girl Nimrat Kaur is making waves in Bollywood“. Indian Express (2013-yil 19-iyul). Qaraldi: 2013-yil 19-avgust.
  6. Homeland Adds Trio to Season 4“. The Hollywood Reporter (2014-yil 31-iyul).
  7. Roy. „Nimrat Kaur's back as the baddie in Homeland. The Telegraph India (2019-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  8. K, Bhumika. „LOVE coming her way“. The Hindu (2014-yil 10-iyul). Qaraldi: 2014-yil 15-iyul.
  9. „Nimrat Kaur: Awards“. Bollywood Hungama. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  10. „Watch: Nimrat Kaur and her dead husband in short film El'ayichi“. India Today. Qaraldi: 2019-yil 9-aprel.
  11. „'Dasvi' First Look Posters: Abhishek Bachchan, Yami Gautam & Nimrat Kaur To Team Up For New Social Comedy“. ABP Live (2021-yil 22-fevral). Qaraldi: 2021-yil 22-fevral.
  12. „Meet Nimrat Kaur, the Actress You Love to Hate on This Season of Homeland“. Vogue.
  13. „Nimrat Kaur is happy that her ethnicity didn't matter for Wayward Pines“. Hindustan Times.