Meikayla Jean-Maree Moore (talaffuzi: Meikayla Jan-Mari Mur) (1996-yil 4-iyunda tugʻilgan) — professional futbolchi. Meikayla Moore Shotlandiya ayollar Premyer-ligasi vakili „Glasgow City“ futbol klubi va Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida himoyachi sifatida oʻynaydi[3]. 2022-yil fevral oyida Moore SheBelieves kubogi doirasida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida AQSh ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda avtogollar hisobiga ajoyib xet-trik qayd etdi.

Meikayla Moore
Moore 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiMeikayla Jean-Maree Moore[1]
Tavallud sanasi4-iyun 1996-yil (1996-06-04) (28 yosh)
Tavallud joyiChristchurch, Yangi Zelandiya[2]
Boʻyi1.73 m
Ampluasihimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Glasgow City
Raqami18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Burwood AFC
Avon United
Coastal Spirit
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2017—2018FC Köln8(0)
2018—2020Duisburg31(1)
2020—2022Liverpool15(2)
2022Glasgow City0(0)
Milliy terma jamoa
2012

Yangi Zelandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan

ayollar milliy futbol terma jamoasi
10(0)
2012—2016

Yangi Zelandiyaning 20 yoshgacha boʻlgan

ayollar milliy futbol terma jamoasi
9(0)
2013

Yangi Zelandiya ayollar

milliy futbol terma jamoasi
51(4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 22-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 21-fevral uchun)

Faoliyati

tahrir

Meikayla Moore 2012-yilgi ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U Yangi Zelandiyaning uchta guruh oʻyinlarida ham ishtirok etgan[4].

Meikayla Moore 2013-yil 26-sentyabrda Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda (4:0) zaxira o‘yinchisi sifatida maydonga tushirilgan[5].

Meikayla Moore 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining aʼzosi edi.

2019-yil aprel oyida Meikayla Moore 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun tuzilgan Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibga kiritildi[6]. Ammo jarohatlari tufayli musobaqada qatnasha olmadi.

15 oy oʻtgach, Meikayla Moore jarohatdan tuzaldi. Shundan soʻng, Meikayla Moore Angliya ayollar chempionati vakili „Liverpool“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[7][8].

2022-yil 20-fevralda Meikayla Moore SheBelieves kubogi doirasida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida AQSH ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda oʻz darvozasiga 3ta avtogol joyladi[9][10]. Shundan soʻng, Meikayla Moore Sten van den Buysdan keyingi avtogollar xet-trikini qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi[11].

Xalqaro oʻyinlardagi gollar

tahrir
RaqamSanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2018-yil 10-iyunWestpac stadioni, Vellington, Yangi Zelandiya  Yaponiya1 — 11-3Oʻrtoqlik uchrashuvi
2.2018-yil 25-noyabrStade Numa-Daly Magenta, Noumea, Yangi Kaledoniya  Fiji5 — 010-02018-yilgi OFC Ayollar Millatlar kubogi
3.2018-yil 1-dekabr  Fiji4 — 08-0
4.2022-yil 6-sentyabrTitan stadioni, Fullerton  Filippin1-12-1Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar

tahrir
  1. „List of Players – 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  2. Profile at NZF
  3. „Caps 'n' Goals, New Zealand Women's national representatives“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 2011-yil 23-oktyabr.
  4. „Squad List – New Zealand“. FIFA. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  5. „Football Ferns-Line-ups“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  6. „Football Ferns squad revealed for World Cup“.
  7. „Football Ferns centre-half makes comeback from Achilles injury“ (en). Accident Compensation Corporation. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  8. „New Zealand footballer Meikayla Moore signs with famous English club Liverpool“ (en). Stuff (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  9. Rollo, Phillip. „Football Ferns defender Meikayla Moore scores hat-trick of own goals against USA“ (en). Stuff (2022-yil 20-fevral).
  10. „Liverpool's Meikayla Moore scores unwanted hat-trick playing for New Zealand“. Belfast Telegraph (2022-yil 20-fevral).
  11. „What the USWNT learned from New Zealand win despite Meikayla Moore's 3 own goals“ (en). ESPN.com (2022-yil 21-fevral). Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.