ICAO aeroport kodi

ICAO aeroport kodi yoki joylashuv koʻrsatkichi butun dunyo boʻylab aerodromlarni belgilaydigan toʻrt harfli koddir. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (inglizcha: International Civil Aviation Organization) tomonidan belgilanadigan va ICAO 7910-sonli hujjatida eʼlon qilinadigan ushbu kodlar: Joylashuv koʻrsatkichlari havo harakatini boshqarish va parvozlarni rejalashtirish kabi aviakompaniya operatsiyalarida qoʻllaniladi. ICAO kodlari, shuningdek, ob-havo stansiyalari, xalqaro parvozlarga xizmat koʻrsatish stantsiyalari yoki hududiy boshqaruv markazlari kabi boshqa aviatsiya obyektlarini, ular aeroportlarda joylashgan yoki boʻlmaganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Parvoz maʼlumotlari hududlari ham unikal ICAO kodi bilan belgilanadi.

ICAO bayrogʻi

Tarixi

tahrir

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti 1947-yilda BMT shafeligida tashkil etilgan boʻlib, u havo harakatini boshqarish va aeroportni identifikatsiyalashni sodda va tushunarli qilish uchun parvozlar maʼlumot mintaqalarini (FIR) tashkil etdi.

ICAO kodlari va IATA kodlari

tahrir

ICAO kodlari alohida va odatda aviakompaniyalar jadvallari, bandlovlar va bagaj teglari uchun ishlatiladigian IATA kodlaridan farq qiladi. Masalan, Londonning Hitrou aeroporti uchun IATA kodi LHR va ICAO kodi EGLL. IATA kodlaridan, odatda, yoʻlovchilar va keng jamoatchilik FlightAware kabi parvozlarni kuzatish xizmatlarini koʻrish uchun foydalanadi.

Umuman olganda, IATA kodlari odatda aeroport yoki u xizmat koʻrsatadigan shahar nomidan olinadi, ICAO kodlari esa mintaqa va mamlakatlar boʻyicha taqsimlanadi. IATA kodlaridan koʻra koʻproq aerodromlarda (keng maʼnoda) ICAO kodlari mavjud boʻlib, ular baʼzan temir yoʻl stansiyalariga ham tayinlanadi. ICAO kodlarini tanlash qisman har bir mamlakatning vakolatlariga topshiriladi, geografik tuzilishga ega boʻlmagan IATA kodlari esa IATA tomonidan markaziy ravishda hal qilinishi kerak.

Tuzilmasi

tahrir
ICAO aeroport kodining birinchi harfiga koʻra tasniflangan dunyo mintaqalari xaritasi
ICAO aeroport kodi prefiksi boʻyicha tasniflangan mamlakatlar xaritasi. Submilliy hududlar va ikkinchi harf oʻrtasidagi har qanday yozishmalar ham koʻrsatilgan.

Odatda, ICAO kodining birinchi bir yoki ikkita harfi mamlakatni ifodalaydi, qolgan harflar esa qoʻshni raqamlar bilan koʻrsatilganidek, aeroportni ifodalaydi. ICAO kodlari geografik kontekstni taʼminlaydi. Misol uchun, agar kimdir Hitrou uchun ICAO kodi EGLL ekanligini bilsa, EGGP aeroporti Buyuk Britaniyaning boshqa biror joyi (EGGP Liverpul Jon Lennon aeroporti) degan xulosaga kelishi mumkin. Boshqa tomondan, Hitrou uchun IATA kodi LHR ekanligini bilish LHV aeroportining joylashuvini aniqroq aniqlashga imkon bermaydi (LHR AQShning Lok Haven shahridagi (Pensilvaniya shtati) Uilyam T. Piper memorial aeroportining IATA kodi).

Siyosiy yoki maʼmuriy sabablarga koʻra tuzilgan ICAO kodlarida mintaqaviy tuzilishi boʻyicha bir nechta istisnolar mavjud. Masalan, Folklend orollaridagi RAF Mount Pleasant aviabazasiga xuddi Buyuk Britaniyadagidek EGYP ICAO kodi berilgan, ammo yaqin atrofdagi fuqarolik Port Stenli aeroportiga Janubiy Amerika bilan mos ravishda SFAL kodi berilgan. Xuddi shunday Sent-Pyer va Mikelon ham Fransiya tomonidan nazorat qilinadi va u yerdagi aeroportlar xuddi Yevropadagidek LFxx bilan belgilanadi. Kosovoga oʻzining geografik qoʻshnilari kabi Lxxx kodi bilan emas, balki Grenlandiya va Islandiya bilan guruhlangan BKxx kodi berilgan (quyida tasvirlangan). Quddus xalqaro aeroportiga ham LLJR (Isroil tomonidan), ham OJJR (Iordaniya tomonidan) kodlari berilgan, ammo aeroportdan hozirda foydalanilmayapti.

AQSh va Kanadada koʻplab aeroportlarning ICAO kodlari mazkur aeroportlarning IATA kodlarining yoniga geografik masublikni bildiruvchi qoʻshimcha qoʻshish orqali yasalgan (masalan, YEG va CYEG ikkalasi ham Edmonton xalqaro aeroportiga, IAD va KIAD esa Vashington-Dalles xalqaro aeroportini ifodalaydi). Bu oʻxshashlik Alyaska (PAxx), Gavayi (PHxx) yoki AQSh hududlariga taalluqli emas. Misol tariqasida, Maui shahridagi Kahului aeroporti IATAda OGG kodi va ICAOda PHOG kodi bilan tavsiflangan.

ICAO aeroporti kodlari I yoki J yoki X yoki Q harflari bilan boshlanmaydi, lekin Marsdagi Jezero krateriga JZRO maxsus ICAO kodi berilgan[1]. I bilan boshlanadigan kodlar (Ixx va Ixxx) koʻpincha navigatsiya vositalari, masalan radiomayoqlar uchun ishlatiladi, Q esa xalqaro radioaloqa va geografik boʻlmagan maxsus maqsadlar uchun ajratilgan. Rossiya va MDHda lotin harfi X (yoki uning Morze / Baudot kirillcha ekvivalenti) ichki aerodrom kodlaridagi hukumat, harbiy va eksperimental aviatsiya aerodromlarini tuzilishi va maqsadi boʻyicha ICAO kodlariga oʻxshash, lekin xalqaro miqyosda qoʻllanilmaydi[2]. ZZZZ soxta kod boʻlib, ICAO kodi tayinlanmagan aerodromlar uchun parvoz rejalarida qoʻllaniladi.

Soxta (Psevdo) ICAO kodlari

tahrir

Belgiya yoki Niderlandiya kabi kichik mamlakatlarda deyarli barcha aerodromlar ICAO kodiga ega. Buyuk Britaniya yoki Germaniya kabi kattaroq davlatlar uchun cheklangan miqdordagi harf kodlarini hisobga olsak, barcha aeroportlarni kodlash mumkin emas. Baʼzi mamlakatlar ushbu muammoni ICAO sub-aerodrom kodlari sxemasini joriy etish orqali hal qildilar, masalan, Fransiya LFddnn uslubidagi psevdokodlardan foydalanadi, bu erda dd departamentni, nn esa ketma-ket hisoblagichni bildiradi. Fransiyada havaskor tashkilot sanaladigan FFPLUM (Fédération Française des Planeurs Ultra Légers, „Fransiya ultra yengil motorli planerlar federatsiyasi“) rasmiy ravishda ushbu kodlarning saqlovchisi hisoblanadi[3]. Antarktidadagi koʻplab aerodromlarda AT va ikkita raqamli soxta ICAO kodlari mavjud, boshqalarida esa Yangi Zelandiya uchun NZ kabi asosiy egasi mamlakatlarning tegishli kodlari mavjud.

Prefikslar

tahrir
Prefix kodiMamlakat
A — Gʻarbiy Tinch okeani janubi mintaqasi
AGSolomon Orollari
ANNauru
AYPapua Yangi Gvineya
B — Grenlandiya, Islandiya va Kosovo (yevropacha muqobili)
BGGrenlandiya
BIIslandiya
BKKosovo
C — Kanada
CKanada
D — Gʻarbiy Afrika va Magʻribning sharqiy qismlari
DAJazoir
DBBenin
DF]]Burkina Faso
DGGana
DIKot-dʼIvuar
DNNigeriya
DRNiger
DTTunis
DXTogo
E — Shimoliy Yevropa
EBBelgiya
EDGermaniya (fuqarolik aeroportlari)
EEEstoniya
EFFinlandiya
EGBirlashgan Qirollik (va uning mustamlakalari)
EHNiderlandiya
EIIrlandiya
EKDaniya and the Farer orollari
ELLyuksemburg
ENNorvegiya
EPPolsha
ESShvetsiya
ETGermaniya (harbiy aeroportlar)
EVLatviya
EYLitva
F — Markaziy Afrikaning aksar davlatlari, Janubiy Afrika va Hind okeani
FAJAR
FBBotsvana
FCKongo Respublikasi
FDEsvatini
FEMarkaziy Afrika Respublikasi
FGEkvator Gvineyasi
FHMuqaddas Yelena, Vozneseniya va Tristan-da-Kunya orollari
FIMavritsiya
FJHind okeanidagi Britaniya hududi
FKKamerun
FLZambiya
FMKomorlar, Fransiya (Mayotta and Reyunion), and Madagaskar
FNAngola
FOGabon
FPSan-Tome va Prinsipi
FQMozambik
FSSeyshell orollari
FTChad
FVZimbabve
FWMalavi
FXLesoto
FYNamibiya
FZKongo Demokratik Respublikasi
G — Gʻarbiy Afrika va Magʻribning sharqiy qismlari
GAMali
GBGambiya
GCIspaniya (Kanar orollari)
GEIspaniya (Seuta va Melilla)
GF]]Syerra-Leone
GGGvineya-Bisau
GLLiberiya
GMMarokash
GOSenegal
GQMavritaniya
GSGʻarbiy Sahroi Kabir
GUGvineya
GVKabo-Verde
H — Sharqiy Afrika va Shimoli-sharqiy Afrika
HAEfiopiya
HBBurundi
HCSomali (Somalilend ham)
HDJibuti
HEMisr
HHEritreya
HJJanubiy Sudan
HKKeniya
HLLiviya
HRRuanda
HSSudan
HTTanzaniya
HUUganda
K — AQShning materik qismi
KAmerika Qoʻshma Shtatlari (Alyaska va Gavayi bunga kirmaydi)
L — Janubiy Yevropa, Isroil, Falastin va Turkiya
LAAlbaniya
LBBolgariya
LCKipr
LDXorvatiya
LEIspaniya (materik qismi va Balear orollari)
LFFransiya (Fransiya metropoliyasi; xususan Sen-Pyer va Mikelon)
LGGretsiya
LHVengriya
LIItaliya (va San Marino)
LJSloveniya
LKChexiya
LLIsroil
LMMalta
LNMonako
LOAvstriya
LPPortugaliya (xususan Azor orollari and Madeyra)
LQBosniya va Gersegovina
LRRuminiya
LSShveysariya and Lixtenshteyn
LTTurkiya
LUMoldova
LVFalastin/Falastin hududlari
LWShimoliy Makedoniya
LXGibraltar
LYSerbia and Chernogoriya
LZSlovakiya
M — Markaziy Amerika, Meksika va Karib havzasining shimoliy/gʻarbiy qismlari
MBTerks va Kaykos orollari
MDDominika Respublikasi
MGGvatemala
MHGonduras
MKYamayka
MMMeksika
MNNikaragua
MPPanama
MRKosta-Rika
MSEl Salvador
MTGaiti
MUKuba
MWKayman orollari
MYBagam orollari
MZBeliz
N — Janubiy Tinch okeani mintaqasining aksar qismi va Yangi Zellandiya
NCKuk orollari
NFFiji, Tonga
NGKiribati (Gilbert orollari), Tuvalu
NINiue
NLFransiya (Vallis va Futuna)
NSSamoa, United States (Amerika Samoasi)
NTFransiya (Fransuz Polineziyasi)
NVVanuatu
NWFransiya (Yangi Kaledoniya)
NZYangi Zelandiya, Antarktidaning bir qismi
O — Janubi-gʻarbiy Osiyo, xususan, Koʻrfaz mamlakatlari, Eron, Iroq, Pokiston
OAAfgʻoniston
OBBahrayn
OESaudiya Arabistoni
OIEron
OJIordaniya va Gʻarbiy Qirgʻoq
OKQuvayt
OLLivan
OMBirlashgan Arab Amirliklari
OOUmmon Sultonligi
OPPokiston
ORIroq
OSSuriya
OTQatar
OYYaman
P — Shimoliy Tinch okeani mintaqasining aksar qismi va Kiribati
PAAQSh (Alaska) (PF, PO and PP kodlari ham)
PBAQSh (Beyker orollari)
PCKiribati (Canton Airfield, Foneks orollari)
PFAQSh (Alaska) (PA, PO and PP kodlari ham)
PGAQSh (Guam, Shimoliy Mariana orollari)
PHAQSh (Gavayi)
PJAQSh (Jonson Atoll)
PKMarshall orollari
PLKiribati (Layn orollari)
PMAQSh (Midvey oroli)
POAQSh (Alaska) (PA, PF va PP kodlari ham)
PPAQSh (Alaska) (PA, PF va PO ham)
PTMikroneziya Federativ Shtatlari, Palau
PWAQSh (Veyk orollari)
R — Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin
RCXitoy Respublikasi (Tayvan)
RJYaponiya (materika qismi)
RKKoreya Respublikasi
ROYaponiya (Okinava prefekturasi)
RPFilippin
S — Janubiy Amerika
SAArgentina (xususan, Antarktidaning ayrim qismlari)
SBBraziliya (SD, SI, SJ, SN, SS va SW ham)
SCChili (xususan, Pasxa oroli va Antarktidaning ayrim qismlari) SH ham
SDBraziliya (SB, SI, SJ, SN, SS va SW ham)
SEEkvador
SFBirlashgan Qirollik (Folklend orollari)
SGParagvay
SHChili (SC ham)
SIBraziliya (SB, SD, SJ, SN, SS va SW ham)
SJBraziliya (SB, SD, SI, SN, SS va SW ham)
SKKolumbiya
SLBoliviya
SMSurinam
SNBraziliya (SB, SD, SI, SJ, SS va SW ham)
SOFransiya (Fransiya Gvianasi)
SPPeru
SSBraziliya (SB, SD, SI, SJ, SN va SW ham)
SUUrugvay
SVVenesuela
SWBraziliya (SB, SD, SI, SJ, SN va SS ham)
SYGayana
T — Karib havzasinig sharqiy va janubiy qismlari
TAAntigua va Barbuda
TBBarbados
TDDominika
TFFransiya (Gvadelupa, Martinika, Sen-Bartelemi, Sen-Martin)
TGGrenada
TIAQSh (Amerikaning Virgin orollari)
TJAQSh (Puerto-Riko)
TKSent Kitts va Nevis
TLSent Lyusiya
TNKarib Niderlandiyasi, Aruba, Kyurasao, Sint Marten
TQBirlashgan Qirollik (Anguilla)
TRBirlashgan Qirollik (Montserrat)
TTTrinidad va Tobago
TUBirlashgan Qirollik (Britaniyaning Virgin orollari)
TVSent Vinsent va Grenadinlar
TXBirlashgan Qirollik (Bermud oroli)
U — Sobiq Sovet ittifoqining aksar mamlakatlari
URossiya (quyidagilardan tashqari)
UAQozogʻiston
UBOzarbayjon
UCQirgʻiziston
UDArmaniston
UGGruziya
UKUkraina
UMBelarus va Rossiya (Kaliningrad viloyati)
UTTojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston
V — Janubiy Osiyoning aksariyat mamlakatlari,
Janubi-sharqiy Osiyoning materik qismi, Hong Kong va Makao
VAHindiston (Gʻarbiy Hindiston)
VCShri Lanka
VDKambodja
VEHindiston (Sharqiy Hindiston)
VGBangladesh
VHHong Kong
VIHindiston (Shimoliy Hindiston)
VLLaos
VMMakao
VNNepal
VOHindiston (Janubiy Hindiston)
VQButan
VRMaldiv Respublikasi
VTTailand
VVVyetnam
VYMyanma
W — Janubi-sharqiy Osiyoning qirgʻoq boʻyi mamlakatlari
WAIndoneziya (WI, WQ va WR ham)
WBBruney, Malayziya (Sharqiy Malayziya)
WIIndoneziya (WA, WQ va WR ham)
WMMalayziya (Gʻarbiy Malayziya)
WPSharqiy Timor
WQIndoneziya (WA, WI va WR ham)
WRIndoneziya (WA, WI va WQ ham)
WSSingapur
Y — Avstraliya
YAvstraliya (xususan Norfolk oroli, Rojdestvo oroli, Kakos (Kiling) orollari va Avstraliya Antarktika hududi)
Z — Xitoy, Shimoliy Koreiya va Moʻgʻuliston
ZMaterik Xitoy (ZK va ZM dan tashqari)
ZKShimoliy Koreya
ZMMongoliya

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir