Chinor (Platanus) — chinordoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi oʻsimliklarturkumi; 10 turi maʼlum. Shim. Amerika (KanadadanMeksikagacha), Janubiy Sharqiy Yevropa va Oʻrta dengizboʻyi mamlakatlaridanHindixitoygacha boʻlgan hududda tarqalgan. Kavkaz, Qrim, Oʻrta Osiyoda sharq chinori (P.orientalis), Janubiy Ukraina, Qora dengizsohillari, shuningdek, Oʻrta Osiyoda Shimoliy Amerikadan keltirilgan gʻarb chinori (P.occudentalis) turlari oʻstiriladi. Sharq chinori yovvoyi holda oʻsadi. Shoxshabbasi qalin, boʻyi baland (50 m gacha), tanasi baquvvat (aylanasi 18 m gacha), silindrsimon, poʻstlogʻi sargʻishoq. Oʻzbekistonda manzarali chinorning har ikki turi oʻsadi. Novdalari va barglari yoshligida tukli, keyinchalik tuklari toʻkilib ketadi. Barglari yirik, asosan, 3 (baʼzan 7) boʻlmali. Mevasi dumaloq, dagʻal tukli yongʻoqcha, diametri 1,5 sm, meva bandida 2—5 tadan oʻrnashgan, uzoq vaqt toʻkilmaydi. Aprelda gullab, mevasi may—sentabr da yetiladi. Chinor, ayniqsa, yoshligida tez oʻsadi. Qulay sharoitda 2000-yil va undan ham koʻproq yashaydi. Egey dengizidagiKrito.da tanasi aylanasi 18 m boʻlgan 2300-yillik chinorlar bor. Surxondaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida 600—800 yoshli chinorlar uchraydi.
Chinor urugʻini ekib, qalamchasidan va ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Chinorning yogʻochi yengil, pishiq, mebel sanoatida qadrlanadi. Uning yogʻochidan oʻzbek meʼmorligida qadimdan foydalanib kelingan.