Brugge Football Club

Brugge (niderlandcha: Club Brugge Koninklijke Voetbalvereniging — „Royal Football Society Club Brugge“; niderlandcha talaffuzi: [klʏˈbrʏɣə ˌkoːnɪŋklekə ˈvudbɑlvəreːnəɣɪŋ]) — Belgiyaning Gʻarbiy Flandriya provinsiyasi Brugge shahridagi professional futbol klubi hisoblanadi. 1891-yilda tashkil etilgan klub Belgiyaning eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi, shuningdek, milliy chempionatning ikki tan olingan gigantlaridan biri deb qaraladi. „Brugge“ Yevropaning eng nufuzli klub turniri — Yevrokubok finalida ishtirok etgan yagona Belgiya klubi (1978-yil).

Tarixi tahrir

Ushbu klubdan tashqari, Brugge shahrida yana bir futbol klubi mavjud boʻlib— unchalik katta boʻlmagan „Cercle Bruges“ nomi bilan atalgan. „Brugge“ milliy chempionatdagi birinchi gʻalabasini faqat 1919-1920-yillardagi mavsumda (Birinchi jahon urushidan keyingi birinchi chempionatda) qoʻlga kiritdi va bungacha klub besh marta Belgiya chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. Biroq, undan keyingi klub uchun oltin yillar faqat 50 yildan keyin keldi. 70-yillarning oʻrtalarida „Brugge“ni mashhur Ernst Xappel boshqargan, u ketma-ket 3 mavsum klubni chempionlikka olib chiqqan (1975-1976, 1976-1977, 1977-1978-yillar). Xuddi shu murabbiy qoʻl ostida klub oʻz tarixidagi eng muvaffaqiyatli Yevropadagi oʻyinlarni oʻtkazdi. Aynan oʻshanda „Brugge“ Chempionlar kubogi va UEFA kubogi finaliga qadar yetib borgandi, ammo muxlislarning hafsalasi pir boʻlib, har ikki safar ham bir raqib — „Liverpool“dan magʻlub boʻlishgan. Klub oʻzining keyingi tarixida har oʻn yilda 2-3 marta mamlakat chempioni va Belgiya kubogi sohibiga aylangan .

Oldingi nomlari tahrir

  • 1891-1892 — Brugsche F.C.
  • 1892-1920 — „FC Brugeois“
  • 1920-1972 — „Royal FC Brugeois“
  • 1972-yil — h. v. — „Club Brugge KV“[1]

Derbilar tarixi tahrir

„Brugge“da uchta asosiy derbi mavjud boʻlib, bular „Anderlext“ klubi bilan oʻyinlar hisoblanadi. „Standard Club“ (Topper) bilan ikkinchi derbi. „Gent“ga qarshi uchinchi derbi („Flandriya“ derbisi). „Sercle Brugge“ga qarshi toʻrtinchi derbi („Brugge“ derbisi).

Tarkibi tahrir

2021-yil 31-yanvar holatiga ko‘ra. Manba: transfermarkt.com saytidagi futbolchilar roʻyxati

Ism sharifiDavlatiOldingi jamoasi
33Nik ShintonBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
22Simon MinoleBelgiya Liverpul
91Senne LammersBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
2Eduard Sobol Shaxtyor klubidan ijaraga
5Odilon KossunuKot-d’Ivuar Hammarbyu
15Matey Mitrovich Beshiktosh
17Simon DeliKot-d’Ivuar Sparta
18Federiko Rikka Malaga
28Ignase van der BremptBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
44Brendon MexeleBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
55Maksim de KyoyperBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
72Noa MbambaBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
77Klinton Mata Sharlerua
3Eder Balanta Bazel
20Xans VanakenBelgiyaLokeren
25Ryud Vormer NiderlandiyaFeyenoord
26Mats RitsBelgiyaMexelen
90Sharl de KetelareBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
97Tomas van den KeybusBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
7Amadu Sanya Kayor Fut
16Sibe SxreyversBelgiyaGenk
21David Okereke Spesiya
27Yussuf Badji Kasa Sports
32Antonio Nusa Stabek
Siril NgongeBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi
MurabbiyFilipp KlemanBelgiyaGenk

Manbalar tahrir

  1. „Клуб Брюгге (Брюгге), Бельгия“. 2012-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-dekabr.
🔥 Top keywords: