Bazaviy hisoblash miqdori

Bazaviy hisoblash miqdori (2019-yilgacha — Ish haqi minimumi, eng kam ish haqi) — mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar mamlakatdagi barcha korxonalar, tashkilotlarda mehnatga toʻlanadigan haqning davlat tomonidan rasmiy belgilangan eng kam miqdori. Oylik ish haqi minimumi stavkalari yoki soatbay haq shakllarida joriy etiladi. Oʻzining iqtisodiy-ijtimoiy mazmuniga koʻra, Ish haqi minimumi insonning munosib turmush darajasining eng quyi chegarasini belgilaydi. Ish haqi minimumi hayot vositalarining minimal qiymatiga toʻgʻri keladi va amaldagi qonunlar boʻyicha maʼlum davr mobaynida (odatda bir oy davomida) insonning yashashi uchun kerak boʻlgan hayot vositalari minimumini sotib olishga (minimal isteʼmol byudjetini qoplashga) yetishi lozim. Ish haqi minimumim. har doim ham tirikchilik minimumiga boglik boʻlmay, muayn davrlar uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlariga qarab, mamlakatning oʻz iqtisodiyoti va xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi va davriy oshib borishi mumkin. Ish haqi minimumim. jahon mamlakatlarida Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalari (Minimal ish haqini belgilash amaliyotini yaratish toʻgʻrisidagi konvensiya va Minimal ish haqini rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida hisobga olgan holda belgilash toʻgʻrisidagi konvensiya) talablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi. Inflyasiya jarayonida Ish haqi minimumi m. ni indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlari bilan amalga oshiriladi. Davlat soliqlari, toʻlovlar, jarimalarni hisoblashda, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi darajalarini belgilashda ham Ish haqi minimumi baza tarzida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab joriy qilingan.[1].

Oʻzbekiston Respublikasida shu vaqtgacha boʻlgan davrda eng kam ish haqi oʻsib borishi shkalasi
SanaMiqdor
16.03.1992550 rubl
01.07.19921 000 rub.
01.09.19921 250 rub.
01.10.19922 000 rub.
01.01.19932 500 rub.
01.04.19933 000 rub.
01.06.19937 500 rub.
01.09.199313 500 soʻm-kupon
01.11.199316200 soʻm-kupon
01.12.199324300 soʻm-kupon
01.01.199430000 soʻm-kupon
01.03.199445000 soʻm-kupon
01.06.199470000 soʻm-kupon
01.08.1994100 soʻm.
01.03.1995150 soʻm.
01.09.1995250 soʻm.
01.04.1996400 soʻm.
01.09.1996550 soʻm.
01.12.1996600 soʻm.
01.07.1997750 soʻm.
01.07.19981100 soʻm.
01.01.19991320 soʻm.
01.08.19991750 soʻm.
01.08.20002450 soʻm.
01.08.20013430 soʻm.
01.04.20023 945 soʻm.
01.08.20024535 soʻm.
01.05.20035440 soʻm.
01.08.20046530 soʻm.
01.05.20057835 soʻm.
01.10.20059400 soʻm.
01.07.200610800 soʻm.
01.11.200612420 soʻm.
01.08.200715525 soʻm.
16.11.200718630 soʻm.
01.04.200820865 soʻm.
01.09.200825040 soʻm.
16.11.200828040 soʻm.
01.08.200933645 soʻm.
01.12.200937680 soʻm.
01.08.201045215 soʻm.
01.12.201049735 soʻm.
01.08.201157200 soʻm.
01.12.201162920 soʻm.
01.12.201279590 soʻm.
15.08.201391530 soʻm.
15.12.201396105 soʻm.
01.09.2014107635 soʻm.
15.12.2014118400 soʻm.
01.09.2015130240 soʻm.
01.10.2016149775 soʻm.
01.12.2017172240 soʻm.
15.07.2018184300 soʻm.
01.11.2018202730 soʻm.
01.09.2019223000 soʻm
01.02.2021245000 soʻm
01.09.2021270000 soʻm
01.06.2022300000 soʻm
01.04.2023330000 soʻm [2]
01.12.2023340000 so'm

Manbalar

tahrir