Ataksiya
Ataksiya (yun. ataxia – harakat tartibsizligi) – harakat koordinatsiyasining buzilishi. Harakat vaqtida muvozanatning oʻzgarishi, tartibsizlanishi. Bemor xuddi mayet odamga oʻxshab gandiraklab zoʻrgʻa yuradi. A.da faqat oyoq emas, qoʻllar harakati ham tartibsiz, bir-biriga moslashmay qoladi. Kasallik asosan miyacha, orqa miyadan miyachaga oʻtadigan yoʻllar, vestibulyar nerv tolasi va yadrosi yoki orqa miya orqa qismining, bosh miya peshona qismining zararlanishida kuzatiladi. Bemor yurib ketayotganida tez burila olmaydi, qadam tashlaga-nida oyoqlari oldin ketib, tanasi orqada qoladi va yiqilib tushishi mumkin. U A.ga sabab boʻlgan omillarni bartaraf etish yoʻli bilan davolanadi.
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
🔥 Top keywords: Bosh SahifaMaxsus:SearchAndoza:Seks ishchi (orden)FalsafaMicrosoft ExcelAlisher NavoiyBemorni parvarish qilishPedagogikaOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiAmir TemurPIRLSAllohning 99 nomiTurkum:Chala maqola xabar andozalariIslomAvestoUslubEstetikaXristianlikEtikaKompyuterOʻzbekistonXalqaro oʻquvchilarni baholash dasturiZardushtiylikTIMSSJadidchilikBuddizmYahudiylikMicrosoft WordAxborot xavfsizligiJismoniy tarbiyaViruslarDinJinsiy aloqaKorrupsiyaQurʼonAbu Ali ibn SinoYurakInternetMakroiqtisodiyot