PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.

Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan.

PIRLS 2016

PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:

  • global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;
  • yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;
  • ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish;
  • PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni takomillashtirish;
  • adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;
  • o'qishni va o'qitishni o'rganish.

Tarixi tahrir

PIRLS loyihasi Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas'ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi.

Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Wayback Machine saytida 2022-06-30 sanasida arxivlangan) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tadqiqot uslubi tahrir

PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir[1].

Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.

O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.

PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida o'qishini ikki turi baholanadi:

  1. O'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish;
  2. Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.

Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni o'qiyotganda o'qish qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:

  • aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;
  • xulosalarni shakllantirish;
  • ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;
  • mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.

Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha, o'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta so'zdan iborat bo'ladi.

Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda o'quvchiga unchalik tanish bo'lmaydi.

PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:

Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.

Yuqori daraja (550 ball) – O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.

O'rta daraja (475 ball) – O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi.

Quyi daraja (400 ball) – O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan xabarni ajratib oladi.

Natijalarni baholash tartibi tahrir

PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo'llaniladi:

- javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;

- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;

- erkin javob berishg kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.

Natijalarni yakuniy qayta ishlash uchun zamonaviy sinov nazariyasi qo'llaniladi.

Tadqiqot natijalari tahrir

PIRLS-2001 tahrir

PIRLS-2001 tadqiqotida 35 ta davlat ishtirok etgan[2]. Tadqiqotda 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligi baholangan.

ReytingMamlakatOʻrtacha
balli
1  Shvetsiya561
2  Niderlandiya554
3  Angliya553
4  Bolgariya550
5  Latviya545
6  Kanada544
7  Litva543
7  Vengriya543
9  AQSh542
10  Italiya541
11  Germaniya539
12  Chexiya537
13  Yangi Zelandiya529
14  Shotlandiya528
14  Singapur528
14  Rossiya528
14Gonkong528
18  Fransiya525
19  Yunoniston524
20  Slovakiya518
21  Islandiya512
21  Ruminiya512
23  Isroil509
24  Sloveniya502
O'rtacha xalqaro ko'rsatkichlar500
25  Norvegiya499
26  Kipr Respublikasi494
27Moldova492
28  Turkiya449
29  Shimoliy Makedoniya442
30  Kolumbiya422
31  Argentina420
32  Eron414
33Quvayt396
34  Marokash350
35  Beliz327

PIRLS-2006 tahrir

PIRLS-2006 tadqiqotida 40 ta davlatdan 215 000 ga yaqin o'quvchilar ishtirok etgan[3].

2006-yildagi tadqiqotda baholash testi to'rtta jarayonni ko'rib chiqdi:

  • aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni olish
  • to'g'ri xulosalar qilish
  • g'oyalar va ma'lumotlarni talqin qilish va umumlashtirish
  • tarkib, til va matn elementlarini tekshirish va baholash
ReytingMamlakatO'rtacha
ball
1  Rossiya565
2Gon Kong564
3  Kanada (Alberta)560
4  Singapur558
4  Kanada (Britaniya Kolumbiyasi)558
6  Lyuksemburg557
7  Kanada (Ontario)555
8  Italiya551
8  Vengriya551
10  Shvetsiya549
11  Germaniya548
12  Niderlandiya547
12  Belgiya547
12  Bolgariya547
15  Daniya546
16  Kanada (Yangi shotlandiya)542
17  Latviya541
18  AQSh540
19  Angliya539
20  Avstriya538
21  Litva537
22  Xitoy Taypeyi535
23  Kanada (Kvebek)533
24  Yangi Zelandiya532
24  Slovakiya532
26  Shotlandiya527
27  Fransiya522
27  Sloveniya522
29  Polsha519
30Ispaniya513
31  Isroil512
32  Islandiya511
O'rtacha xalqaro ko'rsatkichlar500
33Moldova500
33  Belgiya (French)500
35  Norvegiya498
36  Ruminiya489
37  Gruziya471
38  Shimoliy Makedoniya442
39Trinidad va Tobago436
40  Eron421
41  Indoneziya405
42  Qatar353
43Quvayt330
44  Marokash323
45Janubiy Afrika302

PIRLS-2011 tahrir

PIRLS-2011 tadqiqotida 45 mamlakatdan 325000 o'quvchi qatnashdi. An'anaga ko'ra, tadqiqotlarda Angliya, Shimoliy Irlandiya, Belgiyaning fransuz tilida so'zlashuvchi qismi va Gonkong mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashdi, chunki ularning ta'lim tizimi sezilarli farqlarga ega. Tadqiqotda ishtirok etuvchi har bir mamlakatning 150-200 maktabidan 4000 ga yaqin o'quvchilar qatnashgan[4].

2011-yil ma'lumotlariga ko'ra Gonkong, Rossiya, Finlandiya va Singapurda o'quvchilar o'qishni yaxshi o'zlashtiradilar. Ushbu davlatlarning to'rtinchi sinf o'quvchilari barcha ishtirok etgan boshqa davlatlar orasida eng yaxshi natijalarni ko'rsatdilar. Ushbu mamlakatlarning o'rtacha ballari orasidagi farq unchalik katta emas. Boshqa ishtirokchi davlatlarning natijalari yetakchi to'rt mamlakatning natijalaridan ancha past.

ReytingMamlakatO'rtacha
ball
1Gonkong571
2  Rossiya568
2  Finlandiya568
4  Singapur567
5Shimoliy Irlandiya558
6  AQSh556
7  Daniya554
8 Xorvatiya553
8  Xitoy Taypeyi553
10  Ireland552
10  Angliya552
12  Kanada548
13  Niderlandiya546
14  Chexiya545
15  Shvetsiya542
16  Italiya541
16  Germaniya541
16  Isroil541
16  Portugaliya541
20  Vengriya539
21  Slovakiya535
22  Bolgariya532
23  Yangi Zelandiya531
24  Sloveniya530
25  Avstriya529
26  Litva528
27  Avstraliya527
28  Polsha526
29  Fransiya520
30Ispaniya513
31  Norvegiya507
32  Belgiya (French)506
33  Ruminiya502
O'rtacha xalqaro ko'rsatkichlar500
34  Gruziya488
35  Malta477
36Trinidad471
37  Ozarbayjon462
38  Eron457
39  Kolumbiya448
40  Birlashgan Arab Amirliklari439
41  Saudiya Arabistoni430
42  Indoneziya428
43  Qatar425
44  Ummon391
45  Marokash310

PIRLS-2016 tahrir

PIRLS-2016 tadqiqot natijalari 2017-yil 5-dekabrda chop etildi[5]. Ushbu siklda ikkita qo'shimcha tashabbus qo'llanildi:

1) PIRLS savodxonligini baholash (ilgari prePIRLS nomi qoʻllanilgan) qamrov doirasi va hajmi boʻyicha PIRLSga teng va PIRLS kabi oʻqish tushunchasini aks ettiradi.

2) 2016-yilda joriy etilgan ePIRLS – oʻquvchilarning onlayn oʻqish paytida ma’lumot olish va undan foydalanish qobiliyatini kompyuterda oʻqishni baholash tashabbusi. Baholash ilm-fan va ijtimoiy fanlar bo'yicha maktabga o'xshash haqiqiy topshiriqlar bilan qiziqarli, simulyatsiya qilingan internet muhitini o'z ichiga oladi. Ushbu ePIRLS onlayn o'qish yutuqlari shkalasi mamlakatlarga to'rtinchi sinf o'quvchilarining onlayn o'qish ko'rsatkichlarini PIRLS o'qish yutuqlari shkalasidagi ko'rsatkichlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

Mamlakatlar boʻyicha talabalarning erishgan yutuqlari boʻyicha PIRLS-2016 natijalariga koʻra, 18 ta davlatda oʻrtacha koʻrsatkich yuqoriroq, 13 mamlakatda bir xil oʻrtacha yutuq va 10 mamlakatda oʻrtacha koʻrsatkich pastroq boʻlib, 50 ta davlatning 48 tasida qizlarning oʻqish darajasi oʻgʻil bolalarga qaraganda yuqori boʻlgan[6][7]

PIRLS-2016 tadqiqot natijalariga ko'ra, o'rtacha o'qish darajasi eng yuqori bo'lgan o'nta mamlakat: Rossiya Federatsiyasi, Singapur, Gonkong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Tayvan va Angliya davlatlaridir[8].

ReytingMamalakatO'rtacha
ball
1  Rossiya581
2  Singapur576
3Gonkong569
4  Ireland567
5  Finlandiya566
6  Polsha565
6Shimoliy Irlandiya565
8  Norvegiya559
8  Xitoy Taypeyi559
8  Angliya559
11  Latviya558
12  Shvetsiya555
13  Vengriya554
14  Bolgariya552
15  AQSh549
16  Litva548
16  Italiya548
18  Daniya547
19Makao546
20  Niderlandiya545
21  Avstraliya544
22  Chexiya543
22  Kanada543
24  Sloveniya542
25  Avstriya541
26  Germaniya537
27  Qozogʻiston536
28  Slovakiya535
29  Isroil530
30  Portugaliya528
30Ispaniya528
32  Belgiya525
33  Yangi Zelandiya523
34  Fransiya511
O'rtacha xalqaro ko'rsatkichlar500
35  Belgiya (French)497
36  Chili494
37  Gruziya488
38Trinidad479
39  Ozarbayjon472
40  Malta452
41  Birlashgan Arab Amirliklari450
42  Bahrayn446
43  Qatar442
44  Saudiya Arabistoni430
45  Eron428
46  Ummon418
47Quvayt393
48  Marokash358
49  Misr330
50Janubiy Afrika320

PIRLS-2021 tahrir

ReytingMamalakatO'rtacha
ball
1  Singapur587
2  Ireland577
3Gonkong573
4  Rossiya567
5  Shimoliy Irlandiya566
6  Angliya558
7[[Shimoliy Irlandiya|  Xorvatiya]]557
8  Litva552
9  Finlandiya549
9  Polsha549
11  AQSh548
12  Xitoy Taypeyi544
12  Shvetsiya544
14  Bolgariya540
14  Avstraliya540
14  Chexiya540
17  Vengriya539
17  Daniya539
17[[Norvegiya|  Norvegiya]]539
20  Italiya537
21  Makao536
22  Avstriya530
23  Slovakiya529
24  Latviya528
25  Niderlandiya527
26  Germaniya524
27  Yangi Zelandiya521
27  Ispaniya521
29  Portugaliya520
29  Sloveniya520
31[[Malta|  Malta]]515
32  Fransiya514
32  Serbiya514
34  Albaniya513
35  Kipr Respublikasi511
35  Belgiya (flamand)511
37  Isroil510
38  Qozogʻiston504
O'rtacha xalqaro ko'rsatkichlar500
39  Turkiya496
40  Gruziya494
40  Belgiya (French)494
42  Chernogoriya487
43[[Qatar|  Qatar]]485
44  Birlashgan Arab Amirliklari483
45  Bahrayn458
46  Saudiya Arabistoni449
47  Shimoliy Makedoniya442
48  Ozarbayjon440
49  Oʻzbekiston437
50  Ummon429
51  Kosovo421
52[[Braziliya|  Braziliya]]419
53  Eron413
54  Iordaniya381
55[[Misr|  Misr]]378
56[[Marokash|  Marokash]]372
57[[Janubiy Afrika Respublikasi|  Janubiy Afrika]]288

PIRLS 2021 tadqiqotida O'zbekiston o'quvchilari ham ishtirok etib 57 mamlakatlar orasida 49-o'rinni egalladi. Birinchi o'rin esa, Osiyoning yana bir mamlakati Singapur, ikkinchi o'rin Irlandiya, uchinchi o'rin Gonkong mamlakati yuqori o'rinlarni egallagan. Ma'lumot uchun, MDX mamlakatlari ham ushbu nufuzli tadqiqotda ishtirok etib, Rossiya 4-o'rin, Qozog'iston 38-o'rin, Gruziya 41-o'rin va Ozarbayjon 48-o'rinlarni egallagan.[9]

Manbalar tahrir

  1. PIRLS xalqaro baholash dasturi
  2. PIRLS 2001 International Report
  3. PIRLS 2006 International Report
  4. PIRLS 2011 International Report
  5. PIRLS 2016
  6. [PIRLS 2016 natijalari]
  7. PIRLS 2016 o'qish yutuqlari tendentsiyalari
  8. O'quvchilar natijalari haqida umumiy ma'lumot
  9. „PIRLS 2021 natijalari“.