Futbol
Yuriy Bobkov
Toʻliq ismYuriy Nikolaevich Bobkov
Tavallud yili9-fevral 1955(1955-02-09)
Moskva, SSSR
Vafot yili2008
Brianka, Lugansk viloyati, Ukraina
Fuqaroligi
Boʻyi1.85 cm (12 in)
PozitsiyasiHujumchi
Klub faoliyati
1975—1977Flag SSSR Avtomobilist (Krasnoyarsk)? (40)
1977—1980Flag SSSR SKA (Rostov-na-Donu)77 (13)
1980—1981Flag SSSR Rostselmash22 (11)
1981Flag SSSR Paxtakor10 (1)
1982—1985Flag SSSR Zarya (Lugansk)122 (30)
1985Flag SSSR Sokol(Rovenki)KFK
1986Flag SSSR Spartak (Jitomir)18 (3)
1987Flag SSSR Shaxtyor (Gorlovka)20 (0)
1987—1988Flag SSSR Zarya (Lugansk)34 (3)
1988—1989Flag SSSR Ximik (Severodonetsk)
1990Flag SSSR YugostalKFK

Yuriy Nikolaevich Bobkov (9-fevral 1955-yil, Moskva – 2008-yil, Bryanka, Lugansk viloyati) – sovet futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Rostselmash, SKA Rostov-Don va Zarya Voroshilovgrad klublarida oʻynaganligi bilan tanilgan[1].

Biografiya

tahrir

1955-yil 9-fevralda Moskvada tugʻilgan. U futbolni „Lokomotiv“ klubining Lyublino yoshlar jamoasida boshlagan, soʻngra „Mehnat zahiralari“da mashgʻulotlarni davom ettirgan[1].

Yuriy professional futbolidagi debyutini 1975-yilda SSSR Ikkinchi ligasida oʻynagan „Avtomobilist“ Krasnoyarsk klubi tarkibida oʻtkazgan. Krasnoyarsk jamoasida uch mavsum oʻynagan. 1977-yilda Yuriy, Rostov SKA jamoasi safiga qoʻshilgan va ikkinchi mavsumdan boshlab asosiy jamoa tarkibida oʻynagan. 1978-yilda SKA Rostov jamoasining SSSR Oliy Ligasiga yoʻllanma olishida katta hissa qoʻshgan. 1979-yilgi mavsumda u 27 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

1980-yilning yozida u Rostselmash klubiga koʻchib oʻtdi va 22 oʻyinda 11 ta gol urdi. 1981-yilgi mavsum boshida u „Rostselmash“ jamoasining sardori boʻlgan. 1981-yilning yozida u Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtib, oliy liganing 10 ta uchrashuvida qatnashib, bitta gol urgan.

1982-yilda u Voroshilovgradga koʻchib oʻtdi va u yerda birinchi ligada oʻynaydigan „Zorya“ jamoasiga qoʻshilgan[2]. Zorya jamoasi safida uch mavsumda yuzdan ortiq oʻyin oʻtkazdi. 1987—1988-yillarda tanaffusdan soʻng yana klub safigaga qaytdi.


SSSR oliy ligasida u 43 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan[3]. SSSR birinchi ligasida u 187 ta oʻyin oʻtkazib, 45 ta gol urgan. SSSR ikkinchi ligasida u 95 ta oʻyinda maydonga tushib, 29 ta gol urgan. SSSR kubogida u 18 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan[1].

U 2008-yilda Ukrainaning Bryanka shahrida vafot etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Бобков Юрий Николаевич, 09.02.1955, футболист“. footballfacts.ru. 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  2. „История футбольного клуба “Заря”. 1981-1990 | donbass. NAME“ (ru-RU) (2009-yil 21-avgust). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
  3. „Yuriy Bobkov - профиль игрока“ (ru). www.transfermarkt.ru. 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.