Yang Hyun-suk

Janubiy Korea musika prodyuseri va qoʻshiqchisi

Yang Hyun-suk (1970-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, reper, raqqos, qoʻshiq yozuvchi va prodyuser. U 1990-yillarda „Seo Taiji and Boys“ aʼzosi sifatida shuhrat qozongan. Guruh tarqalgach, Hyun-suk Janubiy Koreyadagi eng yirik ovoz yozish kompaniyalaridan biri boʻlgan „YG Entertainment“ ga asos solgan va ushbu agentlik prodyuseri va direktori sifatida faoliyat yurita boshlagan.

Yang Hyun-suk
Tavalludi 9-yanvar 1970-yil (1970-01-09) (54 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • reper
  • raqqos
Turmush oʻrtogʻi Lee Eun-ju (ashulachi) (2010-hozirgacha)
Bolalari 2 nafar

Faoliyati

tahrir

1992-1996: Seo Taiji & Boys

tahrir

„Seo Taiji and Boys“ 1991-yilda tuzilgan. Guruh aʼzolari Seo Taiji, Lee Juno va Yang Hyun-sukdan iborat edi[1]. Guruh koreys musiqa sahnasida oʻzining „Nan Arayo“ (koreyscha: 난 알아요 „Bilaman“) singli bilan mashhur boʻlgan. Guruh turli albomlari, ayniqsa, „Shidaeyugam“ (koreyscha: 시대유감) qoʻshigʻi uchun tanqidga uchragan. Guruh 1996-yilda tarqalib ketgan va har bir aʼzo yakkaxon faoliyat bilan shugʻullana boshlagan.

1996-2019: YG Entertainment

tahrir

1996-yilda Suk „YG Entertainment“ shirkatiga asos solgan va Seo Taiji tomonidan yaratilgan qoʻshiqni oʻz ichiga olgan birinchi yakkaxon albomini chiqargan. Yang Hyun-suk oʻz kompaniyasida juda muvaffaqiyatli ijodkorlarni yetishtirib chiqargan, xususan Jinusean, 1TYM, Wheesung, Gummy, Seven, Big Bang, 2NE1, Winner, iKon, Tablo, Epik High, Lee Hi, Blackpink va Psy.

"Jazirama quyosh" klubi (koreyscha: 클럽 버닝썬) mojarosi bilan bog‘liq daʼvolar tufayli Yang Hyun-suk „YG Entertainment“ kompaniyasidagi barcha lavozimlarini tark etish rejasini eʼlon qilgan va uning ukasi Yang Min-suk „YG Entertainment“ bosh direktori lavozimidan 2019-yil 14-iyun isteʼfoga chiqish qarorini qabul qilgan[2][3].

Shaxsiy hayoti

tahrir

2010-yil mart oyida Yang sobiq „Swi.T“ guruhi aʼzosi Lee Eun-ju bilan ishqiy munosabatda boʻlganini maʼlum qilgan. Lee Eun-jun Sechs Kies guruhi aʼzosi Lee Jai-jinning singlisi[4]. Yang va Lee Eun-jun oʻsha yili turmush qurishgan. Yang va Leening ikkita farzandi bor: Yoo Jin va Seung-hyun[5][6].

Diskografiyasi

tahrir

Albomlari

tahrir
  • Yang Hyun-Suk (1998)[7]

Filmografiyasi

tahrir

Teleseriallar

tahrir
YilNomiRolIzohlarHavl.
2009Superstar KOʻziHakam[8]
2011K-pop Star 1YG Entertainment hakami[9]
2012K-pop Star 2[10]
2013K-pop Star 3[11]
Win: Who Is Next?Rejissyor 
2014Mix & Match 
K-pop Star 4YG Entertainment hakami 
2015K-pop Star 5 
2016K-pop Star 6 
2017Mix NineHakam[12]
2018YG Future Strategy OfficeQahramon 
2018YG Treasure BoxHakam[13]

Manbalar

tahrir
  1. Cho. „K-pop still feels impact of Seo Taiji & Boys“. The Korea Herald (2012-yil 23-mart). 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  2. Park, So-hyun. „'논란' 양현석, YG 떠난다 "모든 직책·업무 내려놓는다" [공식입장 전문“] (ko). Xports News (2019-yil 14-iyun). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  3. Park, So-hyun. „양현석 이어 양민석도 YG 떠난다 "대표이사직 사임" [공식입장 전문“] (ko). Xports News (2019-yil 14-iyun). Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  4. „Yang Hyun-Seok and Lee Eun-ju Dating for Nine Years“. KBS World (2010-yil 11-mart). 2013-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-aprel.
  5. „Yang Hyun-suk and Lee eun-joo Welcomes Baby Daughter“. KBS World Radio (2010-yil 5-avgust). 2020-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  6. „Yang Hyun Suk makes a big announcement on 'K-Pop Star'“.
  7. „Yang Hyun Suk“ (Korean). Melon.
  8. Lee. „국민 오디션 '슈퍼스타K' 24일 첫방송“ (Korean). Yonhap (2009-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  9. „보아, 양현석 박진영과 함께 'K팝스타' 심사위원 발탁“ (ko). TV Report (2011-yil 25-avgust). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  10. „더욱 강력해진 'K팝 스타 시즌2' 기대해주세요!“ (ko). Wstar News (2012-yil 9-noyabr). 2014-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  11. „'K팝3' 새 키워드 '공정한 경쟁' 그리고 '변화'…오디션 홍수 속 빛 발할까(종합)“ (ko). TV Report (2013-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  12. Kang. „[Oh!쎈 톡 '믹스나인' 측 "양현석 촬영? 'K팝'보다 3배 힘들 것"“] (ko). Osen (2017-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  13. 이은정. „양현석 "男그룹 선발 'YG보석함' 제작…연습생 29명 공개"“ (ko). 연합뉴스 (2018-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.

Havolalar

tahrir
🔥 Top keywords: