Mimansa
Mimansa (sanskritcha — tadqiq qilmoq) — qad. hind falsafiy maktablaridan biri. Miloddan avvalgi 4—2-asrlarda paydo boʻlgan. Asoschisi "Mimansa-Sutra" asarining muallifi Jayminiy. M. vakillari tashqi olamning realligini tan olishgan, uning birdanbir isboti — sezgi aʼzolarimiz orqali moddiy olamni his etishdir, deb biladilar. Ular fikricha, olamdagi hamma narsa oʻzaro aloqadorlikda, jon abadiy, cheksiz substansiya boʻlib, doimo tana bilan boʻladi. Jon tana bilan birga oʻlmaydi, bir tanadan ikkinchi tanaga oʻtadi. Olamni bilishda hissiy bilishga eʼtibor berganlar. Vedalarning muqaddasligini tan olganlar. Barcha mavjud narsalar bilim manbaidir. M. ke-yingi davr falsafasi rivojiga hissa qoʻshgan.[1]
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
🔥 Top keywords: Parkinson kasalligiJinsiy aloqaBosh SahifaMaxsus:SearchAbu Rayhon BeruniyMaktabBotir QodirovAmir TemurAsrga tatigulik kunTremorRavshan NamozovOʻzbekistonAlisher NavoiyVoleybolIkkinchi jahon urushiAllohning 99 nomiBasketbolJadidchilikFutbolAmerika Qoʻshma ShtatlariSherali JoʻrayevAnton ChexovAl-XorazmiyIrsiy kasalliklarBirinchi jahon urushiFalsafaBirlashgan Millatlar TashkilotiAvestoGʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻqEtikaAholi boʻyicha davlatlar roʻyxatiAhmad al-FargʻoniyQoraqalpogʻistonIslomEstetikaVitaminlarDavlat poytaxtlari roʻyxatiQurʼonXristianlik