Maciej Rybus (talaffuzi: [ˈmat͡ɕɛj ˈrɨbus], Matsey Ribus; 1989-yil 19-avgustda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi. U Rossiya Premyer ligasining Spartak Moscow klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi, avval esa Polsha milliy futbol jamoasi safida xalqaro futbol bilan shugʻullangan.

Maciej Rybus
Rybus 2022-yilda Spartak Moscow bilan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiMaciej Rybus[1]
Tavallud sanasi19-avgust 1989-yil (1989-08-19) (34 yosh)[1]
Tavallud joyiŁowicz, Polsha
Boʻyi1.73 m[1]
AmpluasiChap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Spartak Moscow
Raqami13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Pelikan Łowicz
2006—2007MSP Szamotuły
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2007—2012Legia Warsaw102(13)
2012—2016Terek Grozny101(19)
2016—2017Lyon19(0)
2017—2022Lokomotiv Moscow102(2)
2022—Spartak Moscow5(1)
Milliy terma jamoa
2008Polsha 19 yoshgacha1(0)
2008—2009Polsha 21 yoshgacha9(2)
2009—2022Polsha66(2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 11-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 12-noyabr uchun)

Klubdagi faoliyati

tahrir

Rybus faoliyatini Pelikan Łowicz klubi bilan boshladi va 2006-yilning yozida MSP Szamotulyga sotildi, bu yerda atigi bir mavsum oʻynadi va Legia Warsaw tomonidan yoshlar jamoasi safiga qabul qilindi. U 2007-yil 15-noyabrda Ekstraklasa kubogida Dyskobolia Grodzisk Wielkopolskiga qarshi oʻyinda Legia safida debyut qilgan. Legia bosh murabbiyi Jan Urban futbolchini asosiy jamoaga oʻtkazishga qaror qildi. Rybus 2007-yil 24-noyabrda Ekstraklasada debyut qildi. U 2007—2008-yilgi mavsumda asosan zaxira oʻrindigʻidan maydonga tushdi, ammo mavsum oxirida boshlangʻich oʻn birlik tarkibdan joy oldi. Rybus Ekstraklasadagi ilk golini 2007-yilning dekabr oyida Gornik Zabrzega qarshi oʻyinda urgan. 2008-yil aprel oyida Rybus liga doirasidagi Wisla Krakowga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi. 

2016-yilning 21-iyunida u Lyon klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Rybus klub safida jami 28 ta oʻyin oʻtkazgan.

2017-yilning 19-iyulida u Rossiyaning Lokomotiv Moscow klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3]. Rybus 2022-yilning 31-may kuni shartnomasi muddati tugagani sababli Lokomotivni tark etdi[4]. Klubdagi faoliyati davomida u bitta Rossiya Premyer ligasi chempionligini, ikkita Rossiya kubogi gʻalabasini va Rossiya Super kubogini qoʻlga kiritdi.

2022-yil 11-iyun kuni Rybus Spartak Moscow klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5]. U klubdagi ilk golini 2022-yil 27-avgust kuni Fakel Voronezh ustidan 1:4 hisobida gʻalaba qozonganida kirtidi.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Rybus Polsha terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning noyabrida Ruminiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Kanadaga qarshi navbatdagi oʻyinda u xalqaro darajadagi birinchi golini urdi. Rybus UEFA Yevropa chempionati 2012da ham Polshani himoya qilgan. 2018-yilning may oyida u Polshaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[6].

2022-yil 20-iyun kuni Rossiyaning Spartak Moscow klubiga oʻtganidan soʻng, Polsha Rybusni mamlakati terma jamoasida oʻynashini taqiqladi. Bunga sabab sifatida uning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida rus jamoasida oʻynash koʻrsatilgan[7]. Bu klub egasi Lukoil urushga qarshi chiqqan yagona yirik rus kompaniyalaridan biri boʻlganiga qaramay Rybus terma jamoa tarkibiga olinmagan[8].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Rybus Lana[9] ismli rus ayoliga uylangan[10][11].

Faoliyat statistikasi

tahrir
2022-yil 11-sentyabr holatiga ko'ra[12]:
KlubMavsumLigaMilliy kubokUEFABoshqaJami
DivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Legia Warsaw2007—2008Ekstraklasa10440-80224
2008—2009273203040363
2009—20102923140-363
2010—201120240--242
2011—201216211111-284
Jami1021314218112014616
Terek Grozny2011—2012Rossiya Premyer ligasi11310--123
2012—201319410--204
2013—201416020--180
2014—201527310--283
2015—201628930--319
Jami1011980--10919
Lyon B2016—2017CFA20---20
Lyon2016—2017Liga 1190107010280
Lokomotiv Moscow2017—2018Rossiya Premyer ligasi2001061-271
2018—2019161102010201
2019—2020190105010260
2020—2021261406010371
2021—2022210004010260
Jami102270231401363
Spartak Moscow2022—2023Rossiya Premyer ligasi5110-1061
Faoliyati jami3313531248218042739

Xalqaro

tahrir
2021-yil 12-noyabr holatiga ko'ra:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Polsha200921
2010100
201160
201250
201331
201460
201580
201640
201740
201850
201920
202030
202180
Jami662

Xalqaro gollar

tahrir
Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
No.SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2009-yil 18-noyabrStadion Miejski im. Zdzislawa Krzyszkowiaka , Bidgoshch, Polsha  Kanada1-01-0Oʻrtoqlik uchrashuvi
2.2013-yil 4-iyunStadion Krakovi im. Jozefa Piłsudskiego , Krakov, Polsha  Lixtenshteyn2-02-0

Yutuqlari

tahrir

Legia Warsaw

  • Polsha kubogi: 2007—2008
  • Polsha Superkubogi: 2007—2008

Lokomotiv Moscow

  • Rossiya Premyer ligasi: 2017—2018
  • Rossiya kubogi: 2018—2019[13], 2020—2021[14]
  • Rossiya Super kubogi: 2019[15]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „FIFA World Cup Russia 2018: List of players: Poland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „OLTV : CONFÉRENCE DE PRESSE POUR L'ARRIVÉE DE MACIEJ RYBUS À SUIVRE À 16H EN DIRECT“ (fr). Olympique Lyonnais (2016-yil 21-iyun). 2016-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Мацей Рыбус - в «Локо»“ (ru). FC Lokomotiv Moscow (2017-yil 19-iyul). 2017-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-iyul.
  4. „СПАСИБО, МАЦЕЙ!“ (ru). FC Lokomotiv Moscow (2022-yil 31-may). 2022-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyun.
  5. „Мацей Рыбус стал игроком "Спартака"“ (ru). FC Spartak Moscow (2022-yil 11-iyun). 2022-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-iyun.
  6. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists - Goal.com“. www.goal.com. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
  7. „Rybus dropped by Poland after move to Spartak Moscow“ (en). BeSoccer.com (2022-yil 20-iyun). 2022-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  8. „Russia’s second biggest oil company calls for an end to Putin’s war“. CNN.
  9. „Maciej Rybus, wife, Lana, will feed twins?“.
  10. „Defender Cut From Poland’s World Cup Plans After Signing With Russian Club“. Sports Illustrated.
  11. Pulikowska. „Maciej Rybus wziął drugi ślub z Laną! Panna młoda wyglądała lepiej niż na poprzedniej uroczystości?“ (pl). Wizaż.pl (2019-yil 2-iyun). Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  12. Maciej Rybus Soccerway saytida
  13. „"Локомотив" - обладатель Олимп-Кубка России по футболу“ (ru). Russian Football Union (2019-yil 22-may). 2019-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-may.
  14. „Lokomotiv beat FNL champions Krylia to win Russian Cup“. Russian Premier League (2021-yil 12-may). 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  15. „"Локомотив" – обладатель ОЛИМП-Суперкубка России“ (ru). Russian Premier League (2019-yil 6-iyul). 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-may.