Hans-Peter Briegel

Hans-Peter Briegel (talaffuzi: Hans Peter Briggel) (1955-yil 11-oktyabrda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi va murabbiyi, himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Hans-Peter Briegel
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiHans-Peter Briegel[1]
Tavallud sanasi11-oktyabr 1955-yil (1955-10-11) (68 yosh)
Tavallud joyiRodenbach,Gaʼrbiy Germaniya
Boʻyi1.88 m
AmpluasiYarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1972—1974SV Rodenbach
1974—19751. FC Kaiserslautern
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1975—19841. FC Kaiserslautern240(47)
1984—1986Hellas Verona55(12)
1986—1988Sampdoria51(9)
Milliy terma jamoa
1976—1978G'arbiy Germaniya6(0)
1978—1979Germaniya B2(1)
1979—1986G'arbiy Germaniya72(4)
Boshqargan klublari
1989—1992FC Glarus
1992—1994SV Edenkoben
1994—1995SG Wattenscheid 09
1999—2000Beşiktaş
2001—2002Trabzonspor
2002—2006Albania
2006—2007Bahrain
2007Ankaragücü
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oʻz davridagi eng mashhur nemis oʻyinchilaridan biri boʻlgan Briegelning oʻziga xos sport turi atletika boʻlib, u uzunlikka sakrash (shaxsiy rekordi: 7 metr 44 sm, 16 yosh), uch hatlab sakrash va beshkurashda muvaffaqiyat qozongan. Briegel shuningdek, 16 yoshida 100 metrni 10,81 soniyada bosib oʻtgan. 17 yoshida u yengil atletikani ortda qoldirib, Kayzerslautern yaqinida ona shahri SV Rodenbax jamoasi bilan klub futboli oʻynagan. Oʻyin paytida Briegel odatda chap qanot himoyachisi yoki yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. U birinchi navbatda jismoniy qobiliyatlari, shuningdek, texnik qobiliyatlari va himoyaviy oʻyinchi uchun gol urish qobiliyati bilan mashhur boʻlgan.

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Ikki yil oʻtgach, uni Erich Ribbek oʻz jamoasiga olgan uni FC Kayzerslautern mashgʻulotlarga olib borgan. 1976-yilning 10-aprelida Ribbek uni "Bavariya" ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda maydonga tushirgan. 1984- yilgacha u FC Kayzerslauternda qolgan. Keyinchalik u Italiyaning Hellas Verona shahriga koʻchib oʻtgan. Briegel oʻzining yangi klubi uchun muvaffaqiyat kaliti boʻlib, 1985- yilda Gialloblu bilan A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Briegel Germaniyada „ Fußballer des Jahres “ (Yil futbolchisi) deb topilgan, u ushbu mukofot tarixidagi ilk xorijlik sovrindori boʻlgan.

Hellas Veronadagi shartnomasi tugaganidan soʻng, Briegel 1988-yilda oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqishidan oldin Italiya kubogini yutgan Genuyaning „UC Sampdoria“ klubiga qoʻshilgan. Keyinchalik u yana Germaniyaga qaytgan. Bundesligada 240 ta o‘yinda 47 ta gol urgan[2].

Xalqaro faoliyati tahrir

1979-yil oktyabr oyida Uelsga qarshi Yevro-1980 saralash bahsida[3] Briegel Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻshanda u Gʻarbiy Germaniyaning 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoasining asosoiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan Yupp Dervall murabbiyligi ostida Yevro- 1984da muvaffaqiyatsiz harakat qilgan. Briegel 1986-yilda Meksikadagi ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida qatnashgan. Yevro-1988 oldidan yangi jamoa qurish uchun murabbiyning yoʻlida toʻsqinlik qilmoqchi emasligi sababli terma jamoaga chqiruvni rad etgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Briegel murabbiyligidagi birinchi ish Shveysariyaning ikkinchi darajali klubi FC Glarusda boʻlgan. 1994-yilda u Germaniya quyi ligasi vakili SV Edenkoben jamoasini boshqargan. Unga 1994-yilda Bundesliganing oʻsha paytdagi ligaga tushib ketgan SG Wattenscheid 09 jamoasi berilgan lekin natijalar koʻngildagidek boʻlmagan. Natijada u murabbiylikdan yuz oʻgirgan. 1996-yilda Kayzerslautern sport direktori boʻlgan. U 1997-yil oktyabr oyida jamoa murabbiyi Otto Rexagel bilan vakolat toʻgʻrisida jiddiy tortishuv kelib chiqganidan keyin isteʼfoga chiqgan. Keyinchalik u klubga direktor sifatida qaytib kelgan.

2006-yil iyun oyida u Luka Peruzovichdan Bahrayn terma jamoasini qabul qilib olgan. Biroq, u 2007-yil 20-yanvarda 2007-yilgi Fors koʻrfazi kubogi vaqtida ishdan boʻshatilgan.

Briegelning eng soʻnggi klubi Turkiya Superligasi vakili "Ankaragücü"i boʻlib 2006—2007-yilgi mavsum yakuniga qadar murabbiylik qilgan.

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha o'yin va gollar[4][5]
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiKontinentalJami
DivizionO'yinGolO'yinGolO'yinGolO'yinGolO'yinGol
1. Kayzerslautern1975—1976Bundesliga71
1976—1977151
1977—1978224
1978—1979314
1979—1980337
1980—1981346
1981—19823213
1982—1983338
1983—1984333
Jami24047
Hellas Verona1984—1985A seriya279
1985—1986283
Jami5512
Sampdoriya1986—1987A seriya246
1987—1988273
Jami519
Karyerada jami34668

Xalqaro tahrir

Hans-Piter Briegel tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
119.11.1980Niedersachsenstadion, Gannover, Germaniya  Fransiya2-04-1Oʻrtoqlik
224.05.1981Keskusurheilukenttä, Lahti, Finlandiya  Finlandiya1-04-01982-yilgi jahon chempionati saralashi
322.05.1984Letzigrund, Tsyurix, Shveysariya  Italiya1-01-0Oʻrtoqlik
412.03.1986Valdstadion, Frankfurt, Germaniya  Braziliya1-02-0Oʻrtoqlik

Yutuqlar tahrir

Verona[6]

Sampdoriya[6]

  • Italiya kubogi : 1987—1988

Gʻarbiy Germaniya

  • UEFA Evropa chempionati : 1980[6]

Shahsiy yutuqlar

  • Bundesliganing mavsum jamoasi a'zosi: 1979—1980, 1980—1981, 1981—1982, 1982—1983[7][8][9][10]
  • UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi : 1980-yil
  • Yilning eng yaxshi futbolchisi (Germaniya) : 1985-yil

Manbalar tahrir

  1. „Hans Peter Briegel“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
  2. Arnhold. „Hans-Peter Briegel – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2012-yil 29-noyabr). 2013-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
  3. Arnhold. „Hans-Peter Briegel – International Appearances“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2004-yil 13-mart). 2014-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
  4. „Hans-Peter BRIEGEL“. level-k.com. Qaraldi: 2008-yil 14-noyabr.
  5. „Hans-Peter Briegel“. world-soccer.or. Qaraldi: 2011-yil 23-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 „H. Briegel“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 17-sentyabr.
  7. „Bundesliga Historie 1979/80“ (de). kicker.
  8. „Bundesliga Historie 1980/81“ (de). kicker.
  9. „Bundesliga Historie 1981/82“ (de). kicker.
  10. „Bundesliga Historie 1982/83“ (de). kicker.