Faysalobod
Faysalobod (sobiq Layalpur) — Pokistonning shim.sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, Chinobod va Ravi daryolari oraligʻida. Aholisi 1,97 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Paxtachilik rnining yirik savdo-sanoat markazi. Ip gazlama, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand, yogʻmoy), kimyo (mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish) sanoatlari, mashinasozlik (asosan, toʻqimachilik asbobuskunalari) va metallsozlik korxonalari, issiklik elektr styasi mavjud. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi, badiiy buyumlar (xususan, qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari) tayyorlanadi. Shahar 19-asr oxirida bunyod etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaAmir TemurIkkinchi jahon urushiAlisher NavoiyVoleybolTranzistorOʻzbekistonBirlashgan Millatlar TashkilotiBasketbolAllohning 99 nomiJadidchilikShanxay hamkorlik tashkilotiMicrosoft ExcelBirinchi jahon urushiQoraqalpogʻistonFutbolAbu Rayhon BeruniyElektr tokiAbu Ali ibn SinoAbdurauf FitratOʻzbekiston Respublikasi Oliy MajlisiFalsafaJinsiy aloqaInternetIslomTinish belgilariImom al-BuxoriyFalastin (tarixiy viloyat)Amerika Qoʻshma ShtatlariPedagogikaUslubXristianlikKompyuterMaktabEmailAxborot texnologiyalariPIRLSAl-Xorazmiy