Edson Raúl Puch Cortés (talaffuzi: Edson Raul Puig Kortes; 1986-yil 9-aprelda Chilining Iquique shahrida tugʻilgan) — Chililik futbolchi, „Universidad Católica“ futbol klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Edson Puch
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiEdson Raúl Puch Cortez
Tavallud sanasi9-aprel 1986-yil (1986-04-09) (38 yosh)
Tavallud joyiIquique, Chili
Boʻyi1.69 m
Ampluasihimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Huachipato
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2005—2006Huachipato18(0)
2007—2009Municipal Iquique74(22)
2009—2011Universidad de Chile65(17)
2011—2014Al-Wasl16(2)
2012—2013Deportes Iquique (ijara)26(2)
2015Huracán6(0)
2016LDU Quito15(3)
2016—2017Necaxa35(15)
2017—2019Pachuca9(2)
2018Querétaro (ijara)22(6)
Milliy terma jamoa
2009—2017Chili20(2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Edson Puch „Deportes Iquique“ futbol klubi va „Huachipato“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Edson Puch 2009-yilda „Universidad de Chile“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 23-iyul kuni „Palestino“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[1]. 2- avgust kuni „Union Espanyol“ futbol klubiga qarshi bahsda Edson Puch „Universidad de Chile“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[2]. 2011-yilda Edson Puch klubga Chili premyer ligasida gʻalaba qozonishda yordam bergan.

2011-yilda Edson Puch jamoa bosh murabbiyi Diego Maradonaning taklifiga binoan „Al Wasl“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 2,8 million yevroni tashkil qilgan. 16-oktabr kuni „Sharjah“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Fors koʻrfazi mamlakatlari arab ligasida debyut qilgan[3]. 25-noyabr kuni Edson Puch jamoadagi ilk golini „Sharjah“ futbol klubiga qarshi o‘yinda kiritgan[4].

2016-yil boshida Edson Puch Ekvadorning „LDU Quito“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan.

Xalqaro faoliyati

tahrir

2009-yil 27-mayda Edson Puch Chili terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi Kirin kubogi bahsida debyut qilgan[5].

2016-yilning yozida Edson Puch Qoʻshma Shtatlarda boʻlib oʻtgan Amerika kubogi gʻolibi boʻlgan edi[6][7]. Turnirda u Boliviya, Panama, Meksika, Kolumbiya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[8][9]. Meksikaliklarga qarshi kechgan bahsda Edson Puch terma jamoadagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan[10].

2017-yilda Edson Puch Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogining kumush medali sohibiga aylangan[11]. Turnirda u Kamerun va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[12].








Statistika

tahrir
Jamoa  MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Deportes Iquique Chili 2009176176
Universidad de Chile Chili 200911350163
2010326122448
2011228228
Jami6517001728219
Al Wasl20116160121
Deportes Iquique Chili 2012152152
201311070180
Al Wasl201410110111
Jami1627000232
Huracán Argentina2015601130101
Jami601130101
LDU de Quito Ekvador201615351204
Jami1530051204
Necaxa Meksika2016—20173515113616
Jami351511003616
Pachuca Meksika2017—20189230122
Jami923000122
Querétaro Meksika2017—201814510155
2018—2019811091
Jami2262000246
Umumiy faoliyatida2726320356635972

Manbalar

tahrir
  1. „Палестино VS. Универсидад де Чили 0:0“ (en). soccerway.com (2009-07—23). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  2. „Палестино VS. Универсидад де Чили 2:1“ (en). soccerway.com (2009-08—02). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  3. „Аль-Васл VS. Шарджа 3:0“ (en). soccerway.com (2011-10—16). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  4. „Эмирейтс VS. Аль-Васл 1:2“ (en). soccerway.com (2011-11—25). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  5. „Япония VS. Чили 4:0“ (en). soccerway.com (2009-05—27). 2015-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-may.
  6. „Чили VS. Панама 4:2“ (en). soccerway.com (2016-06—15). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  7. „Чили VS. Боливия 2:1“ (en). soccerway.com (2016-06—11). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  8. „Колумбия VS. Чили 0:2“ (en). soccerway.com (2016-06—23). 2016-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  9. „Мексика VS. Чили 0:7“ (en). soccerway.com (2016-06—19). 2016-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  10. „Аргентина VS. Чили 0:0“ (en). soccerway.com (2016-06—27). 2016-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  11. „Камерун VS. Чили 0:2“ (en). soccerway.com (2017-06—18). 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.
  12. „Чили VS. Германия 0:1“ (en). soccerway.com (2017-07—02). 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.