Brooks Macek (talaffuzi: Bruks Masek) (1992-yil 15-mayda tugʻilgan) — kanadalik-germaniyalik professional xokkeychi. Hozirda Brooks Macek Kontinental xokkey ligasining (KHL) „ Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey jamoasi bilan oʻynamoqda[1].

Brooks Macek
Tugʻilgan joyi15-may 1992-yil (1992-05-15) (32 yosh)
Winnipeg, Manitoba, Kanada
Boʻyi5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi181 lb (82 kg; 12 st 13 lb)
Pozitsiyasihujumchi
KHL
Sobiq jamoalar
Avtomobilist Yekaterinburg
Iserlohn Roosters
EHC München
Chicago Wolves
Milliy jamoa Germaniya
NHLga kirish drafti171-oʻrindagi tanlov, 2010
Detroit Red Wings
Jamoalardagi faoliyat2013—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Macek 2008-yilgacha Bantam AAA va Midget AAA darajasida „Notre Dame Hounds“ xokkey klubi safida faoliyat olib borgan edi. Brooks Macek 2013-yilgacha jami 319 ta WHL oʻyinini oʻtkazdi[2].

Brooks Macek 2012—2013-yilgi mavsumda „Calgary Hitmen“ xokkey klubi safida harakat qildi. Brooks Macek jamoada kapitan yordamchisi etib tayinlandi. Brooks Macek klub safida 70ta WHL oʻyinlarida maydonga tushib, 32 gol urishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng, Macek faoliyatini Germaniyada davom ettirishga qaror qildi. 2013-yil iyun oyida Brooks Macek Germaniyaning Deutsche Eishockey liga jamoasiIserlohn Roosters“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma tuzdi[3]. 2015-yilda Brooks Macek klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Brooks Macek klub safida jami 154 ta DEL oʻyinida (51 gol, 61 golli uzatma) va 22 ta pley-off bahsida (toʻqqizta gol, 7 golli uzatma) maydonga tushdi. 2016-yil may oyida Brooks Macek DEL jamoasi "EHC Münche" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. U „EHC Münche“ xokkey klubi bilan 2017-yilgi Germaniya chempionatida gʻalaba qozondi. 2018-yilda „EHC Münche“ jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Germaniya chempionligini qoʻlga kiritdi. Brooks Macek 2017—2018-yilgi mavsumda klub safida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 34 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

2018-yil 12-iyun kuni Brooks Macek NHLning „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi (NHLning oʻrtacha yillik maoshi 650 000 dollar va Amerika xokkey ligasining asosiy maoshi 175 000 dollar)[5]. Shimoliy Amerikadagi birinchi mavsumida Brooks Macek „Vegas Golden Knights“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Chicago Wolves“ xokkey klubi safiga yuborildi. Brooks Macek klub bilan Calder kubogi finaliga chiqdi.

Keyinchalik, 2019-yilning 21-iyunida Brooks Macek Rossiyaning KHL jamoasi „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[6].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsumPley-off oʻyinlari
MavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti
2007—2008Notre Dame Hounds AAASMHL4432306237101061610
2008—2009Tri-City AmericansWHL608162424113030
2009—2010Tri-City AmericansWHL7221527326216111717
2010—2011Tri-City AmericansWHL388162426
2010—2011Calgary HitmenWHL255121710
2011—2012Calgary HitmenWHL541424381951230
2012—2013Calgary HitmenWHL70324880301768148
2013—2014Iserlohn RoostersDEL50132134695162
2014—2015Iserlohn RoostersDEL52172239471340
2015—2016Iserlohn RoostersDEL522118392863364
2016—2017EHC Red Bull MünchenDEL511710271414611172
2017—2018EHC Red Bull MünchenDEL50261844101787154
2018—2019Chicago WolvesAHL6426346012175168
2019—2020Avtomobilist YekaterinburgKHL612422462250110
2020—2021Avtomobilist YekaterinburgKHL571711283852136
2021—2022Avtomobilist YekaterinburgKHL3815173210
DEL jami2559489183625323254812
KHL jami156565010670102246

Xalqaro tahrir

YilJamoaTadbirNatijaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti
2009-yilKanada GʻarbiyU17463252
2016-yilGermaniyaOGQQ31230
2016-yilGermaniyaWC783142
2017-yilGermaniyaWC882020
2018-yilGermaniyaOG 72242
Oʻsmirlar safida63252
Kattalar safida2685134

Manbalar tahrir

  1. „2010 NHL Draft: Detroit Red Wings' 2010 draft has been a successful effort – Hockey's Future“ (en-US). Hockey's Future. Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  2. „WHL Network“ (en-CA). whl.ca. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  3. „MACEK GERMANY BOUND“ (en-CA). www.hitmenhockey.com. Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  4. „Erste Personalentscheidungen beim EHC Red Bull München“. ehcrb. 2016-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-may.
  5. „Vegas Golden Knights Sign Forward Brooks Macek“ (en-US). NHL.com. Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
  6. „Fifth foreigner signs, Welcome Brooks Macek“ (Russian). Avtomobilist Yekaterinburg (2019-yil 21-iyun). Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.