Allohning 99 nomi

Allohning Islom dinidagi ismlari
(As-Sallamdan yoʻnaltirildi)

Bu maqolada Allohning 99 ismi (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni roʻyxat shaklida berilgan. Qurʼonning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:

Imom Rizo maqbarasi
Allohning ismlarini hattotlik uslubida yozilishi.

Allohning goʻzal ismlari bordir. Bas, uni oʻsha ismlar bilan chorlangiz (yod etingiz),Uning ismlarida haqdan ogʻib (nooʻrin joylarda ularni qoʻllaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz“

Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad paygʻambar 99 raqamini keltirgan. Boshqa hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi:

Ismlar roʻyxati va maʼnosi

#ArabchaOʻqilishiQurʼoni Karim sura va oyatida zikr qilinishiTarjima va maʼnolari
1.الرحمنAr-RohmānRahmon surasi (55-sura)ning birinchi oyati faqat shu ismdan iborat.Mehribon — Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi.
2.الرحيمAr-RohīmQurʼon: Birinchi va boshqa ayrim joylardan tashqari har bir suraning boshlanishida tilga olingan (Qurʼonda jami 114 ta sura mavjud).Rahmli — „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi. Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
3.الملكAl-Malik59:23, 20:114, 23:116Podsho — Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir.Undan oʻzga ega yoqdir.Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi.Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim.
4.القدوسAl-Quddūs59:23, 62:1Muqaddas, nuqsonlardan holi — Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir.
5.السلامAs-Salām59:23Ofat va balolardan salomat. Qutqarayotgan — „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
6.المؤمنAl-Mu’min59:23Moʻmin-iymon va omonlik beruvchi.
7.المهيمنAl-Muhaymin59:23Hamma narsani qamrab oluvchi.Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi.Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.
8.العزيزAl-Aziz3:6, 4:158, 9:40, 48:7, 59:23Izzat va qudrat sohibi. Ulugʻ — Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi.
9.الجبارAl-Jabbār59:23Bandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor — oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi.
10.المتكبرAl-Mutakabbir59:23Kattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir — kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi.
11.الخالقAl-Xoliq6:102, 13:16,[1] 36:81, 39:62, 40:62, 59:24Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq — Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir.
12.البارئAl-Bāri'59:24Bori' — Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.
13.المصورAl-Musovvir59:24Maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.
14.الغفارAl-Gʻoffār20:82, 38:66, 39:5, 40:42, 71:10Gʻaffor — Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi.
15.القهارAl-Qohhār12:39, 13:16, 14:48, 38:65, 39:4, 40:16Qahhor — Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi.
16.الوهابAl-Vahhāb38:9, 38:35Oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi.
17.الرزاقAr-Rozzāq51:58Barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.
18.الفتاحAl-Fattāh34:26Hukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi.
19.العليمAl-'Alīm2:158, 3:92, 4:35, 24:41, 33:40Biluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.
20.القابضAl-Qobiz2:245Kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).
21.الباسطAl-Bāsit2:245Kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.
22.الخافضAl-Xofiz56:3; al-Kafʿamī (1992:38)Kofirlar martabasini tushiruvchi.
23.الرافعAr-Rofi'58:11, 6:83Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi.
24.المعزAl-Mu’izz3:26Kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.
25.المذلAl-Muzill3:26Kimlarnidur xoru zalil qiluvchi.
26.السميعAs-Samī2:127, 2:256, 8:17, 49:1Maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi.
27.البصيرAl-Basīr4:58, 17:1, 42:11, 42:27Hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi.
28.الحكمAl-Hakam22:69Qatʼiy hukm etuvchi.
29.العدلAl-`AdlQurʼon emas, al-Kafʼamiyga qarang (1992:40)Oʻta adolatli.
30.اللطيفAl-Latīf22:63, 31:16, 33:34Bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi.
31.الخبيرAl-Xobīr6:18, 17:30, 49:13, 59:18Hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor[2][3][4][5].
32.الحليمAl-Halīm2:235, 17:44, 22:59, 35:41Jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.
33.العظيمAl-'Azīm2:255, 42:4, 56:96Azamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ.
34.الغفورAl-Gʻofūr2:173, 8:69, 16:110, 41:32Koʻp magʻfirat qiluvchi.
35.الشكورAsh-Shakūr35:30, 35:34, 42:23, 64:17Oʻz amaliga koʻp savob beruvchi.
36.العليAl-'Aliyy4:34, 31:30, 42:4, 42:51 34:23Martabasi oliylikda benihoya.
37.الكبيرAl-Kabīr13:9, 22:62, 31:30, 34:23Hammadan ulugʻ.
38.الحفيظAl-Hafīz11-57, 12-55Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
39.المقيتAl-Muqīt4:85Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.
40.الحسيبAn-Hasīb4:6, 4:86, 33:39Hisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.
41.الجليلAl-JalīlSifatlarida ulugʻlikka ega.
42.الكريمAl-Karīm27:40, 82:6Saxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.
43.الرقيبAr-Roqīb4:1, 5:117Doimo kuzatib turuvchi. Raqiyb — hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi.
44.المجيبAl-Mujīb11:61Duolarni ijobat qiluvchi.
45.الواسعAl-Vāsi'2:268, 3:73, 5:54Keng va keng qamrovli zotdir
46.الحكيمAl-Hakīm31:27, 46:2, 57:1, 66:2Dono
47.الودودAl-Vadūd11:90, 85:14Bandalarini sevuvchi
48.المجيدAl-Majīd11:73Eng ulugʻvor
49.الباعثAl-Bā'is22:7Oʻliklarning tiriltiruvchisi
50.الشهيدAsh-Shahīd4:166, 22:17, 41:53, 48:28Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
51.الحقAl-Haqq6:62, 22:6, 23:116, 24:25Oʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot.
52.الوكيلAl-Vakīl3:173, 4:171, 28:28, 73:9Barchaning ishi unga topshirilgan zot.
53.القوىAl-Qovviyy22:74, 42:19, 57:25Quvvatli zot.
54.المتينAl-Matīn51:58Matonatli zot.
55.الولىAl-Valiyy4:45, 7:196, 42:28, 45:19Himoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi
56.الحميدAl-Hamīd14:8, 31:12, 31:26, 41:42Barcha maqtovlar ila maqtalgan zot.
57.المحصىAl-Muhsi72:28, 78:29Barcha narsaning hisobini olgan zot.
58.المبدئAl-Mubdi'10:34, 27:64, 29:19, 85:13Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
59.المعيدAl-Mu'īd10:34, 27:64, 29:19, 85:13Yoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
60.المحيىAl-Muhyi7:158, 15:23, 30:50, 57:2Tiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek.
61.المميتAl-Mumīt3:156, 7:158, 15:23, 57:2Oʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
62.الحيAl-Hayy2:255, 3:2, 20:111, 25:58, 40:65Tirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas.
63.القيومAl-Qoyyūm2:255, 3:2, 20:111Oʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot.
64.الواجدAl-Vājid38:44Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi.
65.الماجدAl-Mājid85:15, 11:73; al-Kafʿamī (1992:48)Majdu sharaf sohibi boʻlgan zot.
66.الواحدAl-Vāhid13:16, 14:48, 38:65, 39:4Yagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir.
67.الصمدAl-Aḥad112:1Yagona, Boʻlinmas.
68.الصمدAs-Somad112:2Somad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo.
69.القادرAl-Qodir6:65, 46:33, 75:40Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir.
70.المقتدرAl-Muqtadir18:45, 54:42, 6:65Juda ham qudratli.
71.المقدمAl-Muqoddim16:61Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi.
72.المؤخرAl-Mu’axxir71:4Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi.
73.الأولAl-'Avval57:3„Avval“ — U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir.
74.الأخرAl-'Axir57:3„Oxir“ — U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi.
75.الظاهرAz-Zohir57:3„Zohir“ — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
76.الباطنAl-Bātin57:3"Botin" — U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.
77.الواليAl-Vāli13:11Har bir narsaga voliy — ega boʻlgan zot.
78.المتعاليAl-Mutā'ali13:9Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
79.البرAl-Barr52:28Ulugʻ yaxshilik qiluvchi.
80.التوابAt-Tavvāb2:128, 4:64, 49:12, 110:3Bandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot.
81.المنتقمAl-Muntaqim32:22, 43:41, 44:16Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
82.العفوAl-Afuvv4:43, 4:99, 4:149, 22:60, 58:2Afv qiluvchi.
83.الرؤوفAr-Roʻūf9:117, 57:9, 59:10Oʻta shafqatli va mehribon.
84.مالك الملكMālik-ul-Mulk3:26Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq.
85.ذو الجلال والإكرامZūl-Jalāli
val’ikrom
55:27, 55:78Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.
86.المقسطAl-Muqsiţ3:18; al-Kafʿamī (1992:58f)Oʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
87.ar|الجامع}}Al-Jāmi3:9Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
88.الغنيAl-Gʻoni39:7, 47:38, 57:24Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi.
89.المغنيAl-Mugʻni9:28Behojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi.
90.المانعAl-Māni'al-Kafʿamī (1992:61)Man qiluvchi.
91.الضارAz-Zorr6:17; al-Kafʿamī (1992:58)Zarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi.
92.النافعAn-Nāfi30:37Manfaat beruvchi.
93.النورAn-Nūr24:35Oʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan.
94.الهاديAl-Hādi22:54Hidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.
95.البديعAl-Badī2:117, 6:101Oʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi.
96.الباقيAl-Bāqi55:27; al-Kafʿamī (1992:64)Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas.
97.الوارثAl-Vāris15:23, 57:10Muvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot.
98.الرشيدAr-Roshīd2-256, 18-17Toʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi.
99.الصبورAs-Sobur2:153, 3:200, 103:3Oʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

Islom tasavvufi

Tasavvuf ilmida Allohning 99 ta ismlari tasavvufiy „Eng oliy va ulugʻ ism“ (ismu l-ʾAʿẓam - الاسْمُ ٱلْأَعْظَم) ga ishora qiluvchi anʼana bor[6]. Bu „Xudoning eng ulugʻ ismi“ boʻlib „U bilan chaqirilsa (duo qilinsa) ijobat boʻladigan zot“ deyiladi[7].

Abdulloh ibn Masud rivoyat qilgan hadisga koʻra, Xudoning baʼzi ismlari insoniyatdan ham yashiringan[8]. Javshan Kabirda (bu yerda جَوْشَنُ ٱلْكَبِير- soʻzma-soʻz tarjimasi „Buyuk Sovut“) Xudoning 1000 dan ortiq ismlari keltirilgan.

Nufuzli sunniy tasavvufshunos Ibn Arabiy (1165-yil 26-iyul – 1240-yil 16-noyabr) Xudoning ismlarini oddiy epitetlar sifatida emas, balki olamni yaratilgan va mumkin boʻlgan shakllarda ajratib turadigan haqiqiy sifatlar sifatida talqin qilgan. Bu nomlar orqali ilohiy salohiyati yashirin boʻlgan insonlar uchun ochib beriladigan ilohiy xususiyatlar ana shunday ismlarning aksi boʻlishini oʻrganish mumkin. Biroq, bunday aks ettirishlar cheklangan, ilohiy xususiyatlar ismlarning ilohiy mohiyatiga teng kelmaydi[9]. Ibn Arabiyning metafizik taʼlimoti taʼsirida Haydar Amuliy farishtalarni Xudoning turli ismlariga asosan nomlagan. Shunga koʻra, yaxlit farishtalar Alloh taoloning goʻzal ismlarining bir koʻrinishidir. Yovuz farishtalar (shayotin) esa Alloh taoloning ulugʻ ismlarining dimogʻdor koʻrinishidir[10].

Teoforik ismlar

Xudoning 99 ismi hamda Qurʼon oyatlari va duolari bitilgan ramziy koʻylak, Turkiya, 18-asr, Haliliy haj va ziyorat sanʼati

Xudoning Arabcha ismlari butun dunyo boʻylab musulmon madaniyatlarida, asosan Arab tilida soʻzlashadigan jamiyatlarda keng qoʻllaniladigan teoforik ismlarni shakllantirish uchun qoʻllaniladi.

Xudoning ismlari unga bagʻishlanganligi va ularning shaxsning ismi sifatida ishlatilishi diniy jihatdan nooʻrin deb hisoblanganligi sababli, teoforik ismlar oldidan abd (عَبْدُ: „qul/xizmatkor“) qoʻshimchasini qoʻshish orqali erkaklar ismi hosil qilinadi.

Manbalar

  1. „al-Quran (القرآن) :: Online Quran Project :: Translation and Tafsir“. 2009-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  2. Allohning ismlari va sifatlari
  3. „Hadith: Book of Invocations - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  4. „Hadith - Book of Oneness, Uniqueness of Allah (Tawheed) - Sahih al-Bukhari - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  5. Khadem, Dhikru'llah (1976-yil mart). „Bahá'u'lláh and His Most Holy Shrine“. Bahá'í News. № 540. 4–5-bet. 20-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  6. Schimmel, Annemarie. The Mystery of Numbers. New York, US: Oxford University Press, 1993 — 271 bet. ISBN 0-19-508919-7. 
  7. Momen, Moojan. Islam and the Bahá'í Faith. George Ronald, 2000 — 241 bet. ISBN 978-0-85398-446-7.  The endnote states: "Ibn Májah, Sunan, 34. (Kitáb ad-Du'á), ch. 9, no. 3856, vol. 2, p. 1267. See also: Ad-Dárimí, Sunan, 23 (Fadaʼil al-Qur'án), ch. 15, no. 3296, vol. 2, pp. 324–325. Similar statements in Shi’i tradition include: Majlisí, Bihar al-Anwar, vol. 26. p. 7.
  8. Taymiyyah, ibn, Taqī ad-Dīn Ahmad. The Goodly Word: al-Kalim al-Ṭayyib. Islamic Texts Society, 2003 — 72 bet. ISBN 1-903682-15-0. 
  9. Bruce Lawrence The Qur’an: A Biography Atlantic Books Ltd, 02.10.2014 ISBN 9781782392187 chapter 8
  10. Ayman Shihadeh Sufism and Theology Edinburgh University Press, 21.11.2007 ISBN 9780748631346 pp. 54–56
🔥 Top keywords: