Alexander Schlager

Alexander Schlager (talaffuzi: Aleksandr Shlager; 1996-yil 1-fevralda Zalsburg shahrida tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, „LASK“ futbol klubi va Avstriya terma jamoasi darvozaboni. 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Alexander Schlager
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAlexander Schlager
Tavallud sanasi1-fevral 1996-yil (1996-02-01) (28 yosh)
Tavallud joyiSalzburg, Avstria
Boʻyi1.84 m
Ampluasidarvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
LASK
Raqami1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2005ASK Salzburg
2005—2007Red Bull Salzburg
2007ASK Maxglan
2007—2009Austria Salzburg
2009—2015Red Bull Salzburg
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2012—2015Red Bull Salzburg0(0)
2012—2017FC Liefering0(0)
2014—2015RB Leipzig (ijara)0(0)
2015—2016SV Grödig (ijara)10(0)
2016—2017Floridsdorfer AC (ijara)23(0)
2017—LASK143(0)
Milliy terma jamoa
2015—2019Avstria U2115(0)
2019—Avstria7(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (16-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Schlager oʻz shahrining „Red Bull Salzburg“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yuqori raqobat tufayli u asosiy jamoada va hatto „Liefering“ futbol klubida debyut oʻtkaza olmagan. 2014-yilda Aleksandr GermaniyaningRB Leyptsig“ futbol klubiga ijaraga berildi. 2015-yilning yozida Schlager „Gröding“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. 25-iyul kuni „Rheindorf Altach“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida asosiy jamoa safida debyut qildi[1].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2013-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Schlager Slovakiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Shveysariya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[2][3][4]. Oʻsha yili Aleksandr BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Kanada, Argentina va Eron jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5][6][7].

2015-yilda Schlager Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Gretsiya, Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[8][9].

2019-yil 16-noyabr kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Schlager Avstriya terma jamoasi safida debyut qildi[10]. 2021-yilda Schlager Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zahirada qolgan va maydonga tushmagan.

Statistika

tahrir
2022-yil 13-noyabr holatida
JamoaMavsumLigaKubokXalqaro turnirBoshqaJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Grödig (ijara)2015—201610000100
Floridsdorfer (ijara)2016—201723010240
LASK2017—2018100010
2018—20193105040400
2019—202032040140500
2020—20213006080440
2021—202233030110470
2022—20231603000190
Jami1430180400002010
Umumiy faoliyatida1760190400002350

Manbalar

tahrir
  1. „Грёдиг VS. Альтах 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 25-iyul).
  2. „Словакия (до 17) VS. Австрия (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 5-may).
  3. „Австрия (до 17) VS. Швеция (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 8-may).
  4. „Австрия (до 17) VS. Швейцария (до 17) 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 11-may).
  5. „Канада (до 17) VS. Австрия (до 17) 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 19-oktyabr).
  6. „Аргентина (до 17) VS. Австрия (до 17) 3:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 22-oktyabr).
  7. „Австрия (до 17) VS. Иран (до 17) 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 25-oktyabr).
  8. „Греция (до 19) VS. Австрия (до 19) 0:0“ (en). soccerway.com (2015—07—09).
  9. „Австрия (до 19) VS. Франция (до 19) 0:1“ (en). soccerway.com (2015—07—06).
  10. „Австрия VS. Северная Македония 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 16-noyabr).