Aleksey Nikolayev

Aleksey Vladimirovich Nikolayev (1979-yilning 5-sentabrida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Bunyodkor klubining sobiq futbolchisidir[1].

Aleksey Nikolayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAleksey Vladimirovich Nikolayev
Tavallud sanasi5-sentyabr 1979-yil (1979-09-05) (44 yosh)
Tavallud joyiVoronej SSSR
Boʻyi1.84 m (6 ft 0 in)
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami28
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1996Oʻzbekiston Progress-(-)
1999—2000Oʻzbekiston Metallurg Bekobod-(-)
2000—2002Oʻzbekiston Qizilqum 96(14)
2003—2005Oʻzbekiston Paxtakor 73(2)
2006Rossiya FC Shinnik Yaroslavl2(0)
2006—2007Qozogʻiston Aktobe31(3)
2008Oʻzbekiston Quruvchi25(0)
2009Xitoy Shenzhen F.C.27(0)
2010Oʻzbekiston Dinamo Samarqand24(1)
2011Oʻzbekiston Qizilqum 24(3)
2012Oʻzbekiston Paxtakor 7(0)
2012—2013Oʻzbekiston Buxoro 31(2)
2014Oʻzbekiston NBU-Osiyo21(2)
2015Oʻzbekiston Qoʻqon 19124(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Futbolchilik faoliyatini 2000-yilda „Qizilqum Zarafshon“ klubida boshlagan. 2003—2005 yillarda „Paxtakor“ safida toʻp surgan va uch karra Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni boʻlgan. 2006-yilda u Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2006-yildan 2007-yilgacha „Aktobe“ da oʻynagan va 2007-yilda Qozogʻiston Premyer-ligasida gʻolib chiqqan. 2008-yilda Oʻzbekiston Superligasining vakili „Quruvchi“ klubida bir mavsum oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Shenchjen Shangqingyin“ jamoasida o‘ynagan, 2010-yilda esa Samarqandning „Dinamo“ klubiga o‘tgan.

Milliy terma jamoa

tahrir

Nikolayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning 14-mayida Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:1) oʻtkazgan. Aleksey 2004-yilgi Osiyo kubogi uchun tarkibga kiritilgan. Musoboqada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi: Iroq bilan (1:0 va qizil kartochka), Turkmaniston bilan (1:0) va chorak finalda Bahrayn bilan (2:2, k.3:4) oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻz navbatida, 2007-yilgi Osiyo Kubogi uchun tarkibda boʻlgan, ammo musoboqada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan[2].

Yutuqlar

tahrir
Paxtakor
Aktobe
Bunyodkor
  • Oʻzbekiston Superligasi (1): 2008
  • Oʻzbekiston Kubogi (1): 2008

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir