Éderzito António Macedo Lopes (talaffuzi: Ederzito Antonio Makedo Lopes; 1987-yil 22-dekabrda Bisau shahrida tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, Saudiya Arabistonining „Al Raed“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[1]. Éderzito Portugaliya terma jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi va 2016-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi. 2016-yilgi Yevropa chempionati finalidagi yagona gol muallifi[2].

Éderzito
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiEderzito António Macedo Lopes
Tavallud sanasi22-dekabr 1987-yil (1987-12-22) (36 yosh)
Tavallud joyiBissau
Boʻyi1.90 m
Ampluasihujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2006ADC Adémia
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2006Oliveira Hospital
2006—2008Tourizense42(11)
2008—2012Académica83(12)
2012—2015Braga60(26)
2015—2016Swansea City13(0)
2016→ Lille (ijara)13(6)
2016—2018Lille31(6)
2017—2018→ Lokomotiv Moscow (ijara)18(4)
2018—2021Lokomotiv Moscow65(7)
2021—2022Al Raed22(6)
Milliy terma jamoa
2012—2018Portugaliya35(5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Éderzito bolaligida Gvineya-Bisaudan Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. U maktab-internatga yuborilgan va u yerda 18 yoshigacha yashab taʼlim olgan[3][4]. 2008-yil 24-avgustda „Estrela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[5].

2012-yilning yozida Éderzitoning shartnomasi tugagan va u erkin agent sifatida „Braga“ futbol klubiga oʻtgan. 2-sentabr kuni „Paços de Ferreira“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Éderzito yangi klub safida debyut qilgan[6][7]. Chempionlar ligasi guruh bosqichida ham 6 ta o‘yinda maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan. Birinchi mavsumda Éderzito 13 ta gol urgan va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Mart oyida Éderzito jarohat olgani tufayli mavsumni muddatidan oldin yakunlashga majbur boʻlgan va Portugaliya Liga kubogi gʻolibligi uchun oʻyinda maydonga tusha olmadi[8].

2015-yilning 1-iyulida Éderzito Walesning „Swansea City“ futbol klubiga kelib, uch yillik shartnoma imzolagan[9][10]. Transfer summasi 7 million yevroni tashkil qilgan. 8-avgust kuni „Chelsea“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda Bafetimbi Gomis oʻrniga Angliya Premyer ligasida debyut qilgan[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

Éderzito Portugaliya terma jamoasida Andrea Ranokkiyaga qarshi

2012-yil 11-sentabrda Éderzito Portugaliya terma jamoasida Ozarbayjonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[12].

2014-yili terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Éderzito Germaniya, AQSh va Gana jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[13][14][15].

2015-yilning 16-iyunida Italiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan[16].

2016-yilning yozida Éderzito Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan[17][18]. Turnirda u Islandiya, Avstriya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19].

Éderzito 2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogi oʻyinlari uchun tarkibga tanlanmagan[20].

Statistikasi tahrir

Jamoa  MavsumLigaKubokYevropa kubogiBoshqaJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Tourizense2006—2007711081
2007—20083410103510
2008—2009101020
Jami42113000004511
Académica2008—200924160301
2009—201022452276
2010—201121263275
2011—201216551216
Jami8312226000010518
Braga2012—2013181373703216
2013—20141332110164
2014—201529101043914
Jami602619880008734
Swansea City2015—201613020150
Lille2015—201613610146
2016—20173165110377
Jami44126110005113
Lokomotiv Moscow (ijara)2017—20181841090284
Lokomotiv Moscow2018—2019221626010353
2019—2020235115010306
2020—2021201203110262
Jami83111032313011915
Umumiy faoliyatida3257262183213041291

Manbalar tahrir

  1. Na ofitsialnom sayte „Lokomotiva“ ukazan kak Eder Lopes
  2. „Эдер: Роналду сказал мне, что я забью победный гол“. 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyul.
  3. „«Роналду сказал, что я забью победный гол». Сказочный герой финала Евро“ (ru). sports.ru (2016-yil 11-iyul).
  4. „É Éderzito mas já rima com seleção“ (pt) (2010-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 30-may.
  5. „Estrela Amadora vs. Académica 1–0“. Soccerway (2008-yil 24-avgust). Qaraldi: 2013-yil 24-may.
  6. „Пасуш де Феррейра VS. Брага 2:0“ (ru). soccerway.com (2012-yil 2-sentyabr).
  7. „Braga 4–1 Rio Ave“. ESPN FC (2012-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 24-may.
  8. „Éder out until summer with torn knee ligaments“. PortuGOAL (2013-yil 2-mart). 2013-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-may.
  9. „«Суонси» объявил о переходе Эдера“ (ru). sports.ru (2015-yil 1-iyul).
  10. „Swans seal Eder move“. swanseacity.net (2015-yil 1-iyul). 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-iyul.
  11. „Челси VS. Суонси Сити 2:2“ (ru). soccerway.com (2015-yil 8-avgust).
  12. „Portugal post Azerbaijan victory“. UEFA (2012-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 30-may.
  13. „Германия VS. Португалия 4:0“ (ru). soccerway.com (2014-yil 16-iyun).
  14. „Португалия VS. Гана 2:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 26-iyun).
  15. „США VS. Португалия 2:2“ (ru). soccerway.com (2014-yil 23-iyun).
  16. „Италия VS. Португалия 0:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 16-iyun).
  17. „Португалия VS. Исландия 1:1“ (ru). soccerway.com (2016-yil 14-iyun).
  18. „Португалия VS. Австрия 0:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 18-iyun).
  19. „Португалия VS. Франция 1:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 10-iyul).
  20. www.ojogo.pt