Sulaymon I

Usmonli imperiyasining o'ninchi sultoni (1520-1566)
(Sulton Sulaymon Idan yoʻnaltirildi)

Sulaymon I (Usmonli turkcha: سليمان اول, rimcha: Süleyman-ı Evvel; Turkcha: I. Süleyman; 6-noyabr 1494 – 6-sentyabr 1566-yil) , g'arbda Sulaymon Muhtasham va sharqda Sulaymon Qonuniy (Usmonli turkcha: قانونى سلطان سليمان, rimcha: Ḳānūnī Sulṭān Süleymān) Usmonli imperiyasining o'ninchi va eng uzoq hukmronlik qilgan sultoni. U 1520-yildan to 1566-yilgacha (vafotigacha) hukmronlik qildi. Uning hukmronlik yillarida, Usmonli imperiyasida kamida 25 million aholi istiqomat qilardi.

Sulaymon I
سليمانا اول‎
Tavalludi 6-noyabr 1494-yil
Vafoti 6-sentyabr 1566-yil(1566-09-06)
(71 yoshda)
Sigetvar Usmoniylar imperiyasi
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi
Otasi Selim I
Onasi Hafsa Sultan

Sulaymon taxtga 1520-yilda 30-sentyabrda, otasi Salim I vafot etganidan so'ng, o'tirdi va hukmronligini markaziy Yevropa Xristian kuchlariga qarshi va O'rta yer dengizidagi yurishlar bilan boshladi. Belgrad 1521-yilda va Rodos oroli 1522-23-yillarda imperiyaga qo'shib olindi. 1526-yil avgust Mohach jangida Sulaymon Vengriya harbiy kuchlarini yengdi.

Sulaymon Usmonli imperiyasining iqtisodiy, harbiy, siyosiy kuchlariga raislik qilgan holda, XVI asr Yevropasida taniqli monarxga aylandi. Sulaymon Vena qamalida (1529) harbiy salohiyati sinovdan o'tganga qadar, Usmonli armiyasini Belgrad, Rodos va Vengriya xristian kuchlariga qarshi janglarda boshqardi. U Savafiylar bilan to'qnashuvlarda Yaqin Sharq yerlarini va Shimoliy Afrikaning katta qismini imperiyaga qo'shib oldi. Uning boshqaruv davrida, Usmonli floti O'rtayer dengizidan Qizil dengizga qadar hukmronlik qildi.

Adabiyot

tahrir

Li.: Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1, L., 1963.




Hotinlari:

IsmTugʻilgan vaqtiVafot etgan vaqtiHayot yoʻli
Mukerrem Fulane Hotun14961550Mukerrem Hotun Sulton Sulaymonning shahzoda bilan paytida haramiga kirgan birinchi joriyasi edi.Mukkerrem Sulton Sulaymonga 3 ta oʻgʻil 1 ta qiz tugʻgan.1521-1522-yillarda barcha farzandlari vafot etgandan soʻng Eski saroyga yuboriladi.
Gulfem Hotun14971562U Sulton Sulaymonning haramiga 1511-yillarda kirgan 2-hotini edi.U Sulton ha 1 ta farzand tugʻadi.Ammo bolasi 1521-yilda kasallikdan vafot etadi.Ammo Sulton Gulfemni oldida olib qoldi.
Mohidavron Sulton15001581U Sulton Sulaymonning 3-hotini edi.Mohidavron Saroyga 1512-yilda kiradi va Sulton unga dastlab Gulbahor ismini qoʻyadi.Mohidavron Sulton Sulaymonga 2 oʻgʻil va 2 ta qiz tugʻadimU juda chiroyli ammo zerikarli ayol boʻgan.
Haseki Hurram Shoh Sulton.15021558Hurram Sulton Sulton Sulaymoning sevimlisi va qonuniy hotini.Usmoniylar imperiyasini eng kuchli ayoli.Dastlab ismi Aleksandra boʻlgan.U Sulton Sulaymon haramiga 1520-yilda kirgan.Hurram Sulton Sulton Sulaymonga 6 oʻgʻil va 1 qiz tugʼgan.Hurram Sulton aqlli,kuchli va chiroyli ayol boʼlgan.Uning sariq sifat sochlari Sultonni oʻziga tortgan.Hurram Sulton 1531-yilda Sulaymon bilan qonuniy nikoh qurgan.Shu tariqa Ayollar saltanatini boshlab bergan ayol edi.
IsmTugʻilgan vaqtiVafot etgan vaqtiOnasi
Shahzoda Alemshoh15101511Mukerrem Hotun
Shahzoda Abdulloh15111521Mukerrem Hotun
Shahzoda Mahmut15121521Mukerrem Hotun
Hafiza Sulton15121522Mukerrem Hotun
Shahzoda Murod15131521Gulfem Hotun
Shahzoda Mustafo15151553Mohidavron Sulton
Shahzoda Ahmet15161541Mohidavron Sulton
Fatma Sulton15171572Mohidavron Sulton
Shahzoda Mehmet15211543Haseki Hurram Sulton
Mehrimoh Sulton15221578Haseki Hurram Sulton
Shahzoda Abdulloh15231526Haseki Hurram Sulton
Selim ll15241574Haseki Hurram Sulton
Shahzoda Boyazid15251562Haseki Hurram Sulton
Roziya Sulton15251556Mohidavron Sulton
Shahzoda Jahongir15311554Haseki Hurram Sulton