OKMK (futbol klubi)

OKMK Olmaliq — professional futbol klubi. Olmaliqda joylashgan. Oʻzbekiston Superligasi vakili[1] Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi. Ularning futzal klubi futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi.

FC OKMK Olmaliq
Toʻliq nomi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati futbol klubi
Laqabi Konchilar
Metallurglar
Asos solingan 2004 (20 yil avval) (2004)
Stadioni OKMK sport majmuasi, Olmaliq
Sigʻimi 12,000
Prezidenti Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)
Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Tarixi

tahrir

AGMK futbol klubi 2004-yilda tashkil topgan. Bosh homiy va jamoa egasi — „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati. AGMK futbol klubining rasmiy nomi kompaniyaning rus tilidagi nomidan kelib chiqqan qisqartmadir (Rus tilida: Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat). „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ tarqatib yuborilgan „Metallurg-Olmaliq“ futbol klubining davomchisi sifatida 1966—1988-yillarda futbol boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan.[2][3][4][5]

Tashkil etilgan dastlabki yillarda klub AGMK deb atalgan. 2004-yilda AGMK zavodi Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etish uchun ariza berdi va tez orada taklif qabul qilindi. Debyut mavsumida AGMK oltinchi oʻrinni egalladi. 2005—2006-yilgi mavsumda klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2007-yilgi mavsum yakunida AGMK Oʻzbekiston Birinchi ligasini 7-oʻrinda yakunladi, ammo Oliy ligada ishtirok etishi kerak boʻlgan ikki klubning moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgani uchun, olmaliqliklarga Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Oliy ligadagi debyut mavsumida klub oʻn oltita jamoa orasida oʻninchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga yoʻl oldi. Oʻsha mavsumda oltita gol urgan Litvalik Artūras Fomenka klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2009-yilda klub nomini „Olmaliq“ futbol klubi deb oʻzgartirdi. Oʻsha mavsumda „Olmaliq“ futbol klubi Oliy ligadagi oʻyinlari tarixidagi eng yaxshi oʻyinini koʻrsatdi — toʻrtinchi oʻrin.

2010 va 2011-yilgi mavsumda Olmaliq futbol klubi Oliy ligada oʻn birinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda sakkizinchi, keyingi mavsumda esa beshinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogining finaliga chiqqan, 2013-yilda ushbu kubok sohibi boʻlgan. 2014 va 2015-yilgi mavsumda oltinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda jamoa Oliy Ligada oʻz tarixidagi eng past natijani koʻrsatdi va 13-oʻrinni egalladi. 2017-mavsum olmaliqliklar uchun tarixiy mavsumga aylandi.  AGMK ushbu mavsumda Oliy ligada yettinchi oʻrinni egallagan boʻlsa ham, shu yili oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.[6] 2020 va 2021-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Jamoa shuningdek, 2021-yili OCHLda debyut qilgan.

2018-yil boshida klub eski nomi — AGMKga qaytishini eʼlon qildi.

Klub prezidenti — Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)

Klub nomlari

tahrir
YillarNomlar
2004-2008 yillarAGMK Olmaliq
2009-2017 yillarOlmaliq futbol klubi
2018-AGMK Olmaliq

Mahalliy musobaqlarda

tahrir
MavsumLigaOʻzbekiston kubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiy
Div.OʻrinDMUGO"GOIsmGollar
2004Pro liga64018517737559Play-off bosqichi Aleksandr Vostrikov14 Rafael Fabarisov
2005Pro liga1034131011435049Guruh bosqichi Shukurullo Ashurov15 Rafael Fabarisov
2006Pro liga6382099583569Play-off bosqichi Lenur Yunusov16 Rafael Fabarisov
2007Pro liga1438139165749481/16 final Aziz Uralov5 Rafael Fabarisov
2008Superliga10308913293433Yarim final Artūras Fomenka6 Igor Shkvirin
2009[7]Superliga430153125038481/8 final Muydin Mamazulunov12 Igor Shkvirin
2010Superliga112685133241291/8 final Nosirbek Otaqoʻziyev13 Igor Shkvirin
2011Superliga112685133745291/16 final Muydin Mamazulunov16 Igor Shkvirin
2012Superliga82694133946311/8 final Zafar Polvonov7 Igor Shkvirin
2013Superliga52611784643401/8 final Zafar Polvonov14 Igor Shkvirin
2014Superliga62687113338311/4 final Diyor Turopov

Chaker Zouagi

4 Igor Shkvirin
2015Superliga626128105349441/16 final Nemanja Jovanović9 Igor Shkvirin
2016Superliga133082204054261/8 final Muydin Mamazulunov6 Igor Shkvirin

Viktor Kumikov

2017Superliga830128103132441/8 final Uladzislaw Kasmynin6 Viktor Kumikov
2018Superliga1020767252327Chempion Jovan Đokić11 Viktor Kumikov

Baxtiyor Ashurmatov

2019Superliga9269512363732Ikkinchi Oʻrin[8] Zafar Polvonov15 Mirjalol Qosimov
2020Superliga3261475392849Ikkinchi Oʻrin Elguja Grigalashvili7 Mirjalol Qosimov
2021Superliga3261385342547Yarim final Oleksandr Kasyan6 Mirjalol Qosimov
2022Superliga4261358442344Yarim final Martin Boakye12 Mirjalol Qosimov
2023Superliga4261376433446Ikkinchi Oʻrin Xurshid G‘iyosov9 Mirjalol Qosimov

Xalqaro musobaqlar

tahrir
Natijalar 2021-yil 30-aprel holatiga ko'ra
MusobaqaOʻyinDMUGOʻGO
AFC Osiyo chempionlar ligasi9414141413
Umumiy9414172213

Osiyo chempionlar ligasi

tahrir
16-avgust 2023-yil
MusoboqaPldWDLGFGA
AFC Osiyo Chempionlar ligasi115151722
Total115151722
MavsumMusobaqaBosqichJamoaUySafarNatija
2019AFC Champions LeaguePreliminary round 2 Istiqlol4–2
Play-off round Al-Nassr0–4
2021Play-off round Al Gharafa1–0
Group A Al Hilal0–32–24th
Shabab al-Ahli2–11–3
Istiqlol2–32–1
2023–24Preliminary stage Al-Seeb1–0
Play-off stage Al-Arabi

Stadion

tahrir

Stadioni — OKMK Sport majmuasi. Jamoa bu stadionda 2014-yildan buyon toʻp surmoqda.[9]

Stadion tarixi

tahrir

Jamoa Yangi stadiondan foydalanishidan avval Olmaliqdagi eski Metallurg stadionida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazgan. Metallurg 1960-yilda qurilgan boʻlib, 11 000 tomoshabinga moʻljallangan. Bugungi kunda jamoaning yoshlar tarkibi va ayollar futbol jamoalari ushbu stadiondan foydalanmoqda. 2011-yilda klub uchun Eski stadiondan uncha uzoq boʻlmagan hududda OKMK sport majmuasi qurilishi boshlanadi.[10] Yangi Olmaliq sport majmuasida voleybol, qoʻl toʻpi, basketbol, ​​kurash uchun yopiq kortlar hamda ochiq va yopiq tennis kortlari ham mavjud. Qurilish ishlari 2014-yilning fevral oyida yakunlandi. Eski stadion saqlanib qolgan va taʼmirlanadi.[11] Butun sport majmuasi bilanYangi Olmaliq stadioni rasman OKMK Sport Majmuasi nomini oldi.

Stadionning tantanali ochilish marosimi 2014-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Ligasining 2014-yilgi birinchi hakami „Olmaliq“ — Bekobodning „Metallurg“ uchrashuvida „Olmaliq“ ning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi.[12][13]

2014-yilning 27-may kuni "OKMK Sport Majmuasi" jamoasi birinchi xalqaro oʻyinni oʻtkazdi, Oʻzbekiston  — Ummon oʻrtoqlik uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlangan edi.[14]

Yutuqlari

tahrir

Mahalliy musobaqalar

tahrir
  1. 3-orin sohibi (2): 2020, 2021
  1. Chempion (1): 2018
  2. Ikkinchi oʻrin (2): 2019, 2020, 2023
  1. Chempion (1): 2013
  2. Ikkinchi oʻrin (1): 2012
  1. Ikkinchi oʻrin (1): 2019[15]
  1. Ikkinchi oʻrin (1): 2019

Klub hodimlari

tahrir

Boshqaruv

tahrir
  • Klub prezidenti — Abdulla Xursanov

Murabbiylar shtabi

tahrir
LavozimiIsm
Bosh murabbiyMirjalol Qosimov
Yordamchi murabbiyAleksandr Volkov
MurabbiyHikmat Ergashev
MurabbiyXayrulla Karimov
ismoniy tayyorgarlik murabbiyiMarat Axmerov
Darvozabonlar murabbiyiMurod Zuxurov[16]

Oʻyinchilari

tahrir

Hozirgi

tahrir
2024-yil 3-mart holatiga[17]
AmpluaFutbolchi
1  UZBDRValijon Rahimov
2  UZBHMAkramjon Komilov
3  UZBHMSardor Rahmonov
4  UZBYHMirjamol Qosimov
5  GEOYHGiorgi Papava
6  UZBHMAvazbek Oʻlmasaliyev
7  UZBHMDilshod Ahmadaliyev
8  UZBYHBaxtiyor Qosimov
9  ESPHJRubén Sánchez
10  UZBYHXurshid Gʻiyosov
11  UZBYHMurodjon Toshmatov
13  UZBHMEldorbek Begimov
14  UZBYHAzizbek Bahromov
15  UZBYHOybek Rustamov
16  UZBHJFarruhjon Qodirov
17  UZBYHSardor Mirzayev
18  UZBHJAziz Xolmurodov
AmpluaFutbolchi
20  UZBHMIslom Toʻxtaxoʻjayev
21  UZBHMSaidafzalxon Axrorov
22  UZBYHShohrux Gadoyev
23  UZBHMIskandar Businov
25  UZBDRDilshod Yoqubov
27  UZBHJAli Abdurahmonov
28  JPNYHArihiro Sentoku
30  UZBYHAbror Sarimsoqov
31  UZBYHShohruh Abduhalilov
34  UZBHMUlugʻbek Sunnatov
35  UZBDRJavohir Ilyosov
43  UZBHJAsilbek Rahimov
55  UZBYHAbbos Umarov
77  UZBYHNodir Abdurazzoqov
88  UZBYHMurod Ermatov
95  BIHHJMiljan Škrbić
99  GEOYHIrakli Rukhadze

Jamoani boshqargan murabbiylar

tahrir

2004-2008-yillarda Rafael Fabarisov bosh murabbiy boʻlgan. 2008-yilda klubga taniqli oʻzbek futbolchisi va intiluvchan murabbiy Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoada kechgan moliyaviy qiyinchiliklardan soʻng, 2016-yilda u bosh murabbiylikdan ketdi va oʻrniga asli rossiyalik, qozogʻistonning Ordabasi klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov tayinlandi. 2018-yil boshida uning oʻrnini tajribali Baxtiyor Ashurmatov egalladi. Shu yili 22-dekabrdan hozirgi kunga qadar jamoaning bosh murabbiyi — Mirjalol Qosimov.

#MurabbiyYillar
1. Rafael Fabarisov2004-2008-yillar
2. Igor Shkvirin2008-2016-yillar
3. Viktor Kumikov2016-2018-yillar
4. Baxtiyor Ashurmatov2018-yil
5. Mirjalol Qosimov.2019-

Mashhur oʻyinchilari

tahrir

Muxlislar, raqiblar, derbilar

tahrir

AGMK futbol klubi koʻplab muxlislarga ega, ular orasida shu nomdagi zavodning koʻplab xodimlari bor. Uning asosiy raqibi Toshkent viloyatining yana bir jamoasi  — Bekobodning „Metallurg“ jamoasidir.

Har ikki klub yirik sanoat korxonalari — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) va Oʻzbekiston metallurgiya kombinati (Oʻzmetkombinat) sharafini himoya qilmoqda.

Ayni paytda ular Oʻzbekistonning ogʻir sanoati rivojlangan shaharlaridan biri  — Olmaliq va Bekobodni ifodalaydi.

Shu bois AGMK va Metallurg jamoalari ishtirok etadigan „Metallurglar derbisi“ deb atalmish oʻzaro raqobat mamlakatimizda juda mashhur.

Ayni paytda AGMK va Metallurg muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinlarda sevimli klublariga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani birlashtirishga intilyapti.

Olmaliqliklar uzoq tarixda Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakili boʻlgan Qizilqum futbol klubi (Konchilar derbisi) hamda qoʻshni  Angren shahrining Angren futbol klubi bilan ham biroz raqobat tarixiga ega.

Havolalar

tahrir
  1. „Yangi tarix yaratayotgan AGMK haqida“. 27 sentabr, 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Rasmiy sayti“. 18-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2022-yil.
  3. [1]Transfermarkt saytidagi sahifasi
  4. footballfacts.ru saytida
  5. wildstat.ru saytida
  6. „Архив: Чераннинг бенефиси, "бошсиз чавандоз" ва Шораҳмедовнинг алами, Ўзбекистон кубоги-2019 финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  7. „"Ретро сурат". "Олмалиқ-2009"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  8. „Архив: Чемпионлик йўлаги, Сергеев ва Машариповдан дубль, тўйидан олдин гол уришни хоҳлаган Сардор. "Пахтакор"га чемпионлик кубоги топширилган ўйин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  9. „Олмалиқдаги янги стадион очилиши 15 март куни бўлиб ўтади“ ((17 фев 2014). 17 фев 2014). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil..
  10. „В Алмалыке построен современный стадион“. vesti.uz (20-yanvar 2014-yil).
  11. „У "Алмалыка" теперь новый современный стадион“. sports.uz (20-yanvar 2014-yil). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2014-yil.
  12. „Olmaliq vs. Metallurg, 2014-03-15“. soccerway (15-mart 2014-yil).
  13. „В Алмалыке открыт новый стадион“. Champioanat.asia (16-mart 2014-yil).
  14. „Сегодня состоится первая товарищеская встреча между командами Узбекистана и Омана“. sports.uz (27-may 2014-yil). 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2014-yil.
  15. „Архив: Тарихда илк бор ўтказилган Ўзбекистон Лига кубогининг 8та гол урилган финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  16. „Бугалони “Пахтакор”га жўнатиб юборган ОКМКнинг янги дарвозабонлар мураббийи маълум“ (2024-yil 5-yanvar).
  17. „OKMK jamoasi tarkibi“. Qaraldi: 2024-yil 3-mart.

Havolalar

tahrir
🔥 Top keywords: