Navbahor (futbol klubi)

Navbahor“ (inglizcha: PFC Navbahor Namangan) — proffesionasl futbol klubi. Klubga 1978-yil Namangan shahrida asos solingan. Ilk nomi Tekstilshik edi[1]. Klubning hozirgi murabbiysi Samvel Babayan hisoblanadi.

Navbahor Namangan
Toʻliq nomiNavbahor Namangan Football Club
LaqabiLochinlar
Asos solingan1978 (46 yil avval) (1978)
StadionMarkaziy Stadium
Namangan, Uzbekistan
Stadion hajmi21,000 ortiq
PrezidentiRasul Nizomboyev
Murabbiyi UZB Samvel Babayan
Vebsaythttps://www.pfcnavbahor.uz/index.php/uz/
MusobaqasiOʻzbekiston Superligasi
20233-oʻrin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi
{{{amaldagi mavsum}}}

1980-yillarda Sobiq Ittifoq 2-ligasi Sharqiy Zonasida nomi bilan toʻp sura boshlagan. 1992-yildan esa Oʻzbekiston Oliy Ligasida Navbahor nomi ostida muntazam ishtirok eta boshladi. Jamoa Namangan shahridagi Navbahor Markaziy Stadionida toʻp suradi. Stadion oʻz bagʻriga 21 mingdan ortiq muxlis sigʻdira oladi.

Tarix

tahrir

SSSR Chempionatlarida

tahrir

„Navbahor“ futbol klubiga 1978-yilda asos solingan. Dastlabki yillarda — aniqrogʻi 1980-yillarda „Tekstilshik“ nomi bilan Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi Sharqiy Zonasida toʻp sura boshlagan.  Jamoa oʻsha vaqtda „Tekstilshik“ nomi bilan sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining 5-mintaqasi bahslarida qatnashgan. 1980-yilga kelib „Tekstilshik“ nomi „Navbahor“ga oʻzgartirildi. Jamoa sobiq ittifoq chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 1981-1982-yillarda ikkinchi liganing yettinchi mintaqasi jamoalari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.

1984-1987-yillarda jamoa oʻz nomini „Avtomobilist“ ga oʻzgartiradi. 1984 va 1986-yillarda namanganliklar „Paxtakor-79“ xotira turnirida gʻolib chiqishdi. „Navbahor“ aʼzolari oʻz mahoratlarini yil sayin oshirib, sobiq ittifoq 52-chempionatining ikkinchi liga beshinchi mintaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi ligaga chiqish imkoniyatini beradigan „bufer“ mintaqa musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Ikki mavsum „bufer“ mintaqada toʻp surgan „Navbahor“ 1990-yil yakuniga koʻra, birinchi liga yoʻllanmasiga ega boʻldi.

1987-yilning noyabr oyida „Navbahor“ Markaziy Osiyoda birinchi, sobiq ittifoqda Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) klubidan soʻng, ikkinchi boʻlib, xoʻjalik hisobidagi futbol klubi sifatida faoliyat yuritishni boshladi.

„Navbahor“ 1978-yildan 1991-yilga qadar sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining turli mintaqalarida qatnashib, 508 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa 245 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, 100 ta uchrashuvda durangga imzo chekkan boʻlsa, 163 ta bahsda magʻlubiyatga uchragan. 702ta gol urib, oʻz darvozasidan 513 ta toʻp oʻtkazib yuborgan.

1991-yili sobiq ittifoq chempionatining birinchi ligasida ishtirok etgan „Navbahor“ 42 ta oʻyinda 19 ta gʻalaba qayd etgan. Yettita bahsda durang kuzatilgan boʻlsa, 19 ta uchrashuvda jamoa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Oʻsha yilgi chempionat yakunida „Navbahor“ 22 ta jamoa orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.

Namanganliklar 1989-yildan 1991-yilgacha sobiq ittifoq kubogida ham 10 ta oʻyin oʻtkazishgan. Jamoa oltita uchrashuvda zafar quchib, toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan. Mazkur uchrashuvlar davomida raqiblar darvozasiga 24 ta gol urilgan. „Navbahor“ oʻz darvozasidan 12 ta toʻp olib chiqqan. Jamoaning kubok bahslaridagi eng yirik gʻalabasi 1991-yili kuzatilgan. Oʻsha yili „Navbahor“ oʻz maydonida 1/32 final doirasida Chimkentning „Meliorator“ jamoasini 14:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.

Oʻzbekiston Chempionatlarida

tahrir

1992-yilda klub nomi „Navbahor“ deb oʻzgartirildi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991 -yil 2-yarmida), 1992-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston milliy chempionatida oʻynay boshladi.

Oʻzbekiston chempionati tarixida 1-oʻrinni egallagan „Navbahor“ yana 16 ta jamoa bilan birga Oliy ligadan joy oldi. Debyut mavsumi yakuniga koʻra 5-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogining 1-gʻolibiga aylandi.

Keyingi mavsumlarda ketma-ket uch marta (1993, 1994 va 1995) „Navbahor“ Oliy liga bronza medali sohibi, 1993-yilda Kubok finalchisi, 1995-yilda esa 2-marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

1996-yilgi mavsumda klub 1-marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi[2][3][4]. Keyingi 3-yil davomida u yana bronza medali sohibi boʻldi va 1998-yilda oʻz tarixida 3-marta va hozircha oxirgi marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[5].

1999-yilda „Navbahor“  Oʻzbekiston Superkubogining 1-gʻolibi boʻldi. 2000-2002-yilgi mavsumlarda sovrinlarsiz klub qoldi, ammo 2003 va 2004-yillarda ketma-ket ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan[6][7][8]. 2005-yildan beri jamoa natijalarida malum darajada pasayish kuzatilib, namanganliklar chempionatning „oʻrta jamoasi“ deb ataladigan[9] jamoalaridan biriga aylandi[10].

Keyingi mavsumlarda klubning eng yuqori yutugʻi 2017-yilgi mavsumdagi 5-oʻrin boʻldi[11]. Ammo 2018-yilda (14-yildan soʻng) „Navbahor“ yana 9-marta Oʻzbekiston Superligasining bronza medallarini qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi.[12] 2022-yil yakunlariga koʻra jamoa klub 24 yildan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finalida toʻp surdi,[13] ammo, Nasaf jamoasiga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Superligasida esa klub oʻz tarixida ilk bor kumush medallarini qoʻlga kiritdi[14][15].

Xalqaro Musobaqalar

tahrir

„Navbahor“ toʻrt marta Osiyoning klublar oʻrtasidagi musobaqalarida ishtirok etgan. 1996/1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida AFC klublar oʻrtasidagi ikkinchi nufuzli turnir — Osiyo kubogi egalari kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida toʻxtagan edi.

1997/1998-yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo Chempionlar Kubogida (hozirgi OCHL deb ataladi) Oʻzbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmadi.

„Navbahor“ uchinchi marta 1999/2000-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998-yilgi Oʻzbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar yetib borgan[16]. Toʻrtinchi marotaba 2023/2024-yilgi mavsumda ishtirok etdi va 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi.

Klub afsonalari

tahrir

Jamoaning afsonaviy murabbiylaridan biri Viktor Jalilovdir. Viktor Jalilovning jamoa muvaffaqiyatidagi oʻrni beqiyos. Aynan u boshchiligida klub oʻz tarixida hozircha yagona boʻlib turgan chempionlikka erishgan. Murabbiy shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida ham jamoa bilan gʻalabalarga erishgan.

Shuningdek, Mustafo Bayramov, Farhod Magometov, Dmitriy Bashkevich, Eduard Momotov, Gennadiy Denisov, Rustam Zabirov, Oleg Shatskix, Saydullo Tursunov, Tohir Madrahimov, Shuhrat Mirxoldorshoyev, Xayrulla Karimov singari jamoada toʻp surgan tajribali futbolchilarning ham jamoa tarixida oʻz oʻrni bor[17].

Sobiq ittifoq davrida „Navbahor“ Valixon Zunnunov, Viktor Orlov, Pyotr Boldirev, Sergey Dotsenko, Pavel Kim, Dmitriy Korneyev, Gennadiy Nedelkin, Valeriy Gladilin va Igor Volchok kabi taniqli murabbiylar boshqarishgan.

Jamoa nomlari tarixi

tahrir
  • 1978—1980: Tekstilshchik
  • 1980—1983: Navbahor
  • 1983—1987: Avtomobilchi
  • 1988-yildan — Navbahor

Klub ramzlari

tahrir

2018-yilgi mavsum oldidan jamoada bir qator oʻzgarishlar boʻldi, bulardan biri jamoaga yangi logo tanlandi.[18]

Stadion

tahrir

Klublar uyi 22 000 tomoshabinga moʻljallangan „Navbahor Markaziy“ stadionidir. 1989-yilda qurilgan stadion sigʻimiga koʻra (toʻliq qayta taʼmirdan avval 33000 muxlis sigʻar edi) mamlakatdagi eng katta futbol stadionlaridan biri boʻlgan. 2011-yilda klub stadionni rekonstruksiya qilish niyatida ekanligini eʼlon qildi va u uzoq vaqt davom etgan rekonstruksiya ishlari uchun yopildi. Qayta tiklash ishlari 2014-yil bahorida yakunlandi. 2014-yilning 29-may kuni „Barkamol avlod-2014“ sport oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi bilan yangi taʼmirlangan stadionning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi joyning sigʻimi 22 000 kishi.

2012—2014-yilgi mavsumlarda klub uy uchrashuvlarini Kosonsoy stadionida oʻtkazdi. Taʼmirlangan stadiondagi ilk rasmiy oʻyin 2014-yil 14-iyun kuni Liga doirasidagi „Navbahor“ — „Olmaliq“ uchrashuv boʻldi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalabaga erishadilar.

Yutuqlar

tahrir
  • Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: (1) 2023
  • Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: (10) 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, 2023

Mahalliy musobaqalar natijalari

tahrir
MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng yaxshi toʻpurar
Div.Pos.Pl.WDLGSGAPIsmLiga
19921st5th321886542144ChempionRustam Zabirov15
19931st3rd301875643243FinalchiFarid Xabibulin13
19941st3rd301767582640Yarim finalFarid Xabibulin11
19951st3rd302334692372ChempionOleg Shatskix24
19961st1st302352882374Chorak finalOleg Shatskix23
19971st3rd342158843768Yarim finalOleg Shatskix13
19981st3rd301857603359ChempionShuhrat Rahmonqulov10
19991st3rd301875553461N/AShuhrat Rahmonqulov12
2000[19]1st5th3819811925665Chorak finalShuhrat Mirxoldorshoyev28
2001[20]1st4th3420113795261Last 16Shuhrat Mirxoldorshoyev23
20021st6th3014412533946Last 32Shuhrat Mirxoldorshoyev19
20031st3rd301965662863Yarim finalShuhrat Mirxoldorshoyev26
20041st3rd2621835662357Last 32Shuhrat Mirxoldorshoyev31
2005[21]1st6th2612311313139Yarim finalShuhrat Mirxoldorshoyev20
20061st7th3013512463544Last 16Arif Mirzoýew18
2007[22]1st8th3011415374137Last 16Vladimir Baranov12
2008[23]1st13th3071112283932Last 16Shuhrat Mirxoldorshoyev13
2009[24]1st14th307716214828Last 16Muxtor Fozilov5
2010[25]1st9th269413323231Last 16Shuhrat Mirxoldorshoyev11
20111st6th26998262136Last 16Roʻzimboy Ahmedov5
20121st12th266812193426Last 16Sobir Hamidov5
20131st11th267613294827Last 16Roʻzimboy Ahmedov11
2014[26]1st7th269314384030Chorak finalShahboz Erkinov14
20151st8th3011415405137Last 16Shahboz Erkinov13
20161st15th306519376623Last 16Akrom Bahriddinov

Dilshod Jabborov

7
20171st5th3012108403746Last 16Azizbek Turgʻunboyev8
20181st3rd20947201831Last 32Azizbek Turgʻunboyev7
20191st8th267118262332Chorak finalOleksandr Kasyan10
20201st8th268117242135Chorak finalAzizbek Turgʻunboyev8
20211st6th261097231939Round of 16Azimjon Ahmedov3
20221st2261583331554FinalchiZoran Marushich12
20231st3261457441947Yarim finalOston Oʻrunov9

OFK musobaqalaridagi ishtiroki

tahrir
Osiyo Chempionlar ligasi: Guruh bosqichi
1996/97: 2-Bosqich
1999/00: 4-oʻrin

2023/24 OCHL da ishtirok etmoqda

Xalqaro Musobaqalarda natijalar

tahrir

Soʻnggi Oʻyin 2000-yil 15-aprelda boʻlib oʻtgan.[27][28]

MusobaqaDMUGOʻGO
Osiyo Chempionlar ligasi833215912
Osiyo kubogi egalari kubogi10415182313
Umumiy18747333225
MavsumMusobaqaBosqichKlubUySafarUmumiy

hisob

1996-97Osiyo kubogi egalari kubogiBirinchi bosqich Al-Quwa Al-Jawiya1-45-26-6
Ikkinchi bosqich Esteghlal1-43-04-4
1997-98AFC Osiyo Chempionlar kubogiBirinchi bosqich-Bye
Saralash bosqichi Dynamo Dushanbe3-01-24-2
Ikkinchi bosqich Nisa Aşgabat6-12-28-3
Chorak final — Gʻarbiy osiyo

Guruh bosqichi

Al Ansar0-03rd
Al Hilal1-3
Persepolis1-1
1999-2000Osiyo kubogi egalari kubogiBirinchi bosqich-Bye
Ikkinchi bosqich Kaisar-Hurricane2-21-03-2
Chorak final Al-Ahli1-62-03-6
Yarim final Al-Zawraa1-2
3-oʻrin uchun Bangkok Bank1-3
2023-2024AFC Osiyo Chempionlar ligasiPlay-off round Al-Wakrah1-0 (q.v)
D guruhi Al Hilal0-21-1Ikkinchi
Mumbai City3-02-1
Nassaji Mazandaran2-13-1
Nimchorak final Al-Ittihod0-01-21-2

Raqobat

tahrir

Muxlislar

tahrir

„Navbahor“da juda katta tarafdorlar va muxlislar armiyasi bor. Namangan klubining deyarli har bir uy uchrashuvida stadion toʻlib-toshadi[29].

Raqobat

tahrir

„Navbahor“ning asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalaridir[30]. Bu klublar har qanday davrda oʻzaro raqobati yuqori darajada oʻtgan. Bundan tashqari Vodiyning yana bir jamoasi Andijonning „Andijon“ klubiga qarshi oʻziga xos derbi ham tarixga kirgan.

Jamoa tarkibi

tahrir

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

17-fevral 2024-yil[31]
AmpluaFutbolchi
1  UZBDROʻtkir Yusupov
5  UZBHMAlijon Alijonov
6  UZBHMIbrohim Yoʻldoshev (futbolchi)
7  UZBYHAzim Ahmedov
8  IRNYHSiavash Hagh Nazari
9  UZBYHOdiljon Hamrobekov
10  UZBYHJamshid Iskanderov
11  UZBHJAsadbek Sobirjonov
12  UZBDRAleksandr Lobanov
13  SRBHMFilip Ivanović
14  UZBYHJamshid Boltaboyev
17  UZBHJRuslanbek Jiyanov
19  UZBHMSherzodbek Abdulboriyev
AmpluaFutbolchi
20  UZBYHMuzaffar Moʻminov
21  GEOHJGiorgi Nikabadze
22  GEOHJToma Tabatadze
23  SRBYHJovan Đokić
24  UZBHMDoston Abdulhayev
25  UZBHJNavroʻzbek Iminjonov
33  UZBHJShodiyor Shodiboyev
34  UZBHMFarrux Sayfiyev
41  UZBDROzodbek Maʼrupov
55  UZBHJAsadbek Joʻraboyev
77  UZBYHAbror Ismoilov
88  UZBYHNurmuhammad Toshpoʻlatov
98  UZBYHDavronbek Olimjonov

Klub hodimlari

tahrir

Murabbiylar shtabi

tahrir
Samvel Babayan klubning hozirgi bosh murabbiyi.
LavozimiXodimlar
Bosh murabbiy Samvel Babayan
Yordamchi murabbiy Grigoriy Kolosovskiy
Texnik yordamchi murabbiy Denis Toymensov
Fitnes murabbiyi Marko Drekalovic
Darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxojayev
Texnik yordamchi/fitnes murabbiyi
Sport terapevti
Texnik tahlilchi
LavozimiXodimlar
Navbahor U-21 yoshlar tarkibi murabbiyiDmitriy An[32]
Navbahor- Women bosh murabbiyiKarima Yoʻldasheva
Navbahor futzal bosh murabbiyiXurshid Tojiboyev
  • Oxirgi yangilangan: 5-mart 2024-yil
  • Manba:

Xodimlar

tahrir
LavozimiXodimlar
Prezident Rasul Nizomboyev[33]
Vitse prezident Otabek Samatov
Bosh direktor Akmal Sohibov[34]
  • Oxirgi yangilangan: 6-mart 2024-yil
  • Manba:[35]

Bosh murabbiylari tarxi

tahrir

Mashxur futbolchilar

tahrir

SSSR/Oʻzbekiston

tahrir
Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
Janubiy Amerika


Afrika


Osiyo


Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Bir klub tarixi: "Samodagi lochinlar"“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  2. „"Navbahor-96"ni eslab. Oliy liga tarixida eng ko'p gol urilgan o'yin“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  3. „Тарихий кадрлар. 1996 йилги "Навбаҳор"нинг чемпионлик ўйини“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  4. „ВИДЕО. "Навбаҳор" чемпионлигига 20 йил тўлд“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  5. „“Navbahor” 1996 yil chempionlikni qo'lga kiritganda tarkibda kimlar bo'lgan?“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  6. „Фото архив: Тарихдаги "Навбаҳор"“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  7. „АРХИВ. 2010 йилги "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 мингдан зиёд томошабин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  8. „ВИДЕО АРХИВ. "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 минг томошабин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  9. „"Навбаҳор" олий лигада қолди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  10. „Олий лига. "Навбаҳор" 25 йилда иккичи бор ўз уйида бир ўйинда бешта гол ўтказди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  11. „"Навбаҳор" охирги 13 йилдаги энг юқори ўринни банд этди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  12. „"Навбаҳор" - 9 карра бронза медали соҳиби!“ (16 ноя 2018). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  13. „"Насаф" Ўзбекистон Coca Cola кубоги соҳибига айланди ва келаси мавсум ОЧЛда иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритди!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  14. „"Навбаҳор"га кумуш медалларни тақдим қилган учрашувдан галерея“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  15. „"Навбаҳор"дан тарихий натижа“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  16. „"Навбаҳор" 4-ўрин соҳибига айланган Осиё кубок эгалари кубогини ёдга оламиз“ (2024-yil 17-fevral).
  17. „Ўқувчиларимиз "Навбаҳор" тарихидаги энг яхши футболчини аниқлашди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  18. „"Навбаҳор"нинг янги логотипини кўрдингизми? ФОТО“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  19. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2000"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  20. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2001"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  21. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2005"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  22. „Архив. "Навбаҳор-2007"дан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  23. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2008"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  24. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2009"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  25. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2010"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  26. „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2014"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  27. „"Навбаҳор" келаси мавсум ОЧЛда ўйнайди“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  28. „"Навбаҳор" 23 йилдан сўнг яна халқаро майдонга қайтди ёхуд аввалги барча натижаларни ёдга оламиз“. 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-oktyabr.
  29. „АРХИВ. 2010 йилги "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 мингдан зиёд томошабин“ (13 май 2020). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  30. „"Навбаҳор" ва "Пахтакор" жамоалари ўртасида қайд этилган энг йирик ҳисоб эсингиздами? (превью)“ (8 август, 21:10). 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  31. „Navbahor“. pfl.uz. Qaraldi: 17-fevral 2024-yil.
  32. „"Навбаҳор" ёшлар жамоасига янги бош мураббийи!“ (2024-yil 8-yanvar).
  33. „"Навбаҳор" футбол клубига янги президент тайинланди“ (2024-yil 5-mart).
  34. „“Навбаҳор” клуби раҳбариятида ўзгариш“ (2024-yil 6-mart).
  35. „"Навбаҳор" футбол клубига янги президент тайинланди“. Championat.asia. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
  36. „Klub Tarixi.“ (2009-yil 4-may).
  37. „Наманганнинг янги ҳокими "Навбаҳор" жамоаси президентини ва бош мураббий Бахтиёр Ашурматовни ишдан бўшатди“ (2015-yil 30-dekabr). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  38. „Расман: Андрей Канчельскис - "Навбаҳор" бош мураббийи ФОТО“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  39. „Breaking: "Навбаҳор" устози Андрей Канчельскис ўз лавозимини тарк этди“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  40. „ФОТО. "Навбаҳор" Деян Журжевични таништирди“. 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  41. „"Навбаҳор" вице-президенти Журжевичга бўшаш тўғрисида ариза ёзиши кераклигини айтди“. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  42. „"Навбаҳор" Канчельскис билан 3 йиллик шартнома имзолади“. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  43. „Эшитдик-да! Канчельскис "Навбаҳор" билан шартномани бекор қилди ва ФИФАга мурожаат қилмоқчи“. 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  44. „Самвел Бабаян - "Навбаҳор" бош мураббийи!“. 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir
🔥 Top keywords: