Mixail Mesxi nomidagi stadion

Mixail Mesxi nomidagi stadion - Gurjiston poytaxti Tbilisida joylashgan futbol va regbi uchun moʻljallangan stadiondir. Ushbu stadion 2001-yilda qurib bitkazilgan va oʻsha yili foydalanishga topshirilgan. Stadionda «Lokomotiv Tbilisi» futbol klubi oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazadi. Ushbu stadionda Gurjiston Milliy terma jamoasi ham baʼzi oʻyinlarini oʻtkazadi. Stadion nomi gruzin futbolchisi Mixail Shalvovich Mesxi sharafiga qoʻyilgan. Sigʻimi 24.700 tomoshabinga moʻljallangan. Ushbu stadion yirikligi boʻyicha Gurjistonda Boris Paychadze nomidagi stadiondan keyingi oʻrinda turadi.

Toʻliq nomiMixail Mesxi nomidagi stadion
JoylashuviGruziya bayrogʻi Gruziya , Tbilisi
Qurilgan yili2001-yil
Ochilgan yili2001-yil
Sigʻimi24.700
Maydon oʻlchami105x68m
Uy jamoasiLokomotiv Tbilisi