Filchalar
Filchalar (Curculionidae) — qoʻngʻizlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Boshining oldingi qismi naysimon choʻziq boʻlib, xartumni eslatadi. "Xartum"i uchida kemiruvchi ogʻiz organlari va moʻylovlar boʻladi. Kurtlari S shaklida, oqish rangli va oyoqsiz, tuprokda va oʻsimlik toʻqimalarida rivojlanadi. 45000 dan ziyod turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1000 ga yaqin turi uchraydi. F.ning shakli va rangi har xil. Uzunligi 3–60 mm. Oʻsimlikxoʻr. Ayrim turlari qishloq xoʻjaligi ekinlariga va omborlarda saqlanadigan oziq mahsulotlariga ziyon yetkazadi. Fitonomuslar, ombor uzuntumshugʻi (mita), sholi filchasi ayniqsa keng tarqalgan.
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/3/36/Grypus.equiseti.-.calwer.33.03.jpg)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAndoza:Seks ishchi (orden)Qurbon hayitiMaxsus:SearchHayit namoziArafaAllohning 99 nomiQoʻqon xonligiAmir TemurHisorak suv omboriIydIMGSRC.RUJinsiy aloqaXufton namoziUEFA Yevro 2024AutizmTakbirBomdod namoziAnora (film)OʻzbekistonBemorni parvarish qilishGʻarbiy turk xoqonligiHayitShom namoziFotiha surasiYoon Suk-yeolShavkat MirziyoyevKoreya RespublikasiAlisher NavoiyArafotMuhammadHaj: Jannat onalar oyog‘i ostidaIkkinchi jahon urushiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiHayzHayit muborakShayboniylar davlatiTugʻruqEva Elfie