Atirau (viloyat)

Atirau viloyati – Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yili Gurev viloyati degan nom bilan tashkil topgan. 1992-yildan keyin hozirgi nomga ega boʻlgan. Maydoni 118,6 ming km2. Aholisi 555,1 ming kishi (2013). Shimoliy tarafidan Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati bilan, sharqida Aqtoʻbe viloyati bilan, janubiy-gʻarbidan Mangʻistov viloyati bilan va gʻarbidan Rossiyaning Astraxan viloyati bilan chegaradosh. Viloyat markazi – Atirau shahri.

Atirau viloyati
Атырау облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Atirau
Asos solingan sanasi 1933-yil[1]
Akim Izmuxambetov Baqtiqoʻja Salaxatdinovich
Aholi (2013)
555,198[2]
(3,1 % ,  (16-oʻrin)
Zichligi 4,58 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 88,96 %
ruslar 8,63 %
koreyslar 0,59 %
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 118 631 km² (4,4 %, 12-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 712х xx-xx-xx
Pochta indeksi 06 xxxx
Avtomobil raqami kodi E, 06
Rasmiy sayti http://www.e-atyrau.kz/rus/
Xaritada
Atirau viloyati xaritada
47°7′0″N 51°53′0″E / 47.11667°N 51.88333°E / 47.11667; 51.88333

Tarixi

tahrir

Tabiati

tahrir

Atirau viloyati Kaspiy boʻyi pasttekisligida joylashgan. Barxan qumlari, suv oqmaydigan botiqlar bor. Yanvarning oʻrtacha harorati – 3,4° dan – 10,6° gacha, iyulniki 24°–26°. Yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Yozda toʻzonli boʻronlar va suxoveylar boʻladi. Asosiy daryolari: Ural, Emba, Uil, Sagʻiz. Sayoz, asosan shoʻr koʻllar bor. Yer yuzasining kattagina qismi shoʻrxok, shoʻrtob va qoʻngʻir choʻl-dasht tuproqlaridan iborat. Oʻsimliklari chala choʻl tipidagi (shoʻra, shuvoq, betaga, chalov va boshqalar) oʻsimliklar, daryo qayirlarida daraxt, butazor (toʻqayzor)lar mavjud.

Aholisi

tahrir
Viloyatdagi maillatlar tarkibi:[3][4]
Aholi soni
v 1989-yil
%Aholi soni
v 1999-yil
%Aholi soni
v 2010-yil
%
barchasi424708100,00 %440286100,00 %513363100,00 %
Qozoqlar33899879,82 %39167288,96 %46971991,50 %
Ruslar6367314,99 %380138,63 %326026,35 %
Koreyslar30000,71 %26000,59 %27810,54 %
Tatarlar49131,16 %27280,62 %25290,49 %
Ukrainlar37490,88 %14420,33 %12310,24 %
Olmonlar14010,33 %6870,16 %5440,11 %
Oʻzbeklar630,01 %3190,07 %4160,08 %
Bulgʻorlar8640,20 %4360,10 %3890,08 %
Ozarbayjonlar490,01 %90,00 %3270,06 %
Qoraqalpoqlar60,00 %50,00 %3130,06 %
Armanlar220,01 %50,00 %2790,05 %
Beloruslar10660,25 %3470,08 %2710,05 %
va boshqalar69041,63 %20230,46 %19620,38 %

Sanoati

tahrir

Atirau viloyati sanoatida neft qazib chiqarish, neftni qayta ishlash va baliq sanoati muhim oʻrin tutadi. Energetikasi mahalliy va qisman chetdan keltiriladigan neft mahsulotlari va Qaragʻandi koʻmirida ishlaydi. Neft Emba koni va Atirau atrofidan olinadi. Atirauda neftni qayta ishlash zavodi, shahar yaqinida baliq konserva kombinati ishlab turibdi. Mashinasozlik va metallsozlik (Atirauda mashinasozlik zavodi), kimyo, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Hududiy boʻlinishi

tahrir

Atirau viloyati 7 tumanga boʻlingan:

Atirau viloyatining tumanlari
TumanlarHududi
(ming km²)
Aholisi
(ming kishi)
Markazi
Jalioʻy29,467,9Qulsari
Inder10,930,3Inderbor
Isatay14,723,9Aqqistau
Qurmangʻazi20,958,5Ganyushkin
Qizilqoʻgʻa24,932,2Miyali
Maqat4,927,2Maqat
Maxambet9,629,0Maxambet

Viloyatda hammasi boʻlib 2-shahar, 15-shahar tipidagi qishloq va 56 qishloq okrugi mavjud.

Qishloq xoʻjaligi

tahrir

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – yaylov chorvachiligi. Asosan dagʻal junli qoʻylar boqiladi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning ancha qismi pichanzor va yaylov. Bahorikor va sugʻorma dehqonchilik qilinadi. Qishloq xoʻjaligida yem-xashak ekinlari (bir yillik oʻtlar, silos uchun makkajoʻxori) ham ekiladi. Gʻalla ekinlaridan asosan arpa, tariq yetishtiriladi, Volga va Ural daryolari-744ning quyi oqimida sholi ekiladi. Sabzavot va kartoshka hamda poliz ekinlari ham salmoqli oʻrin tutadi. Kaspiy dengizida baliq ovlanadi.Qishloq xoʻjaligining umumiy mahsulot miqdori – 19528,1 million tengeni, aniq miqdor indeksi 99,7 % tashkil qildi.Goʻsht mahsuloti – 47,0 ming tonnani 102,1 %, sut mahsuloti – 54,2 ming tonnani (100,5 %), tuxum – 1,84 milliontani (100,2 %) tashkil qildi.2010-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik qora mol – 182,3 mingtani 102,8 %, qoʻy va echki – 619 mingtani (103,1 %), tuya – 31,7 mingtani (102,5 %), yilqi – 46 mingtani (103,9 %) tashkil qildi.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl orqali boshqa viloyatlar bilan bogʻlangan. Ural daryosi (Uralskkacha) va Kaspiy dengizida (Atiraudan Astraxongacha va Fort-Shevchenkogacha) kema qatnaydi. Yuklarning bir qismi avtomobil transportida tashiladi. Avialiniyalar Atirauni Atirau viloyatining boshqa joylari bilan bogʻlaydi.

Manbalar

tahrir
  1. География Атырауской области, 2007-12-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-05
  2. Численность населения Республики Казахстан по областям с началa 2013 года до 1 марта, 2013-07-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-29
  3. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  4. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-03-04

Havolalar

tahrir