Andava
Andava (fors-toj. andova, ando — somonli loy suvash) — suvoq ishlarida suvalayotgan sathni tekislash, silliqlash, rax chiqarish uchun ishla-tiladigan quruvchilik asbobi. Asosan temirdan (baʼzan, taxtadan) uzunligi 30 — 40 sm, eni 8-10 sm, qalinligi 2 mm, uch tomoni ensizroq qilib yasaladi. Yarim yey shaklidagi dastasi boʻladi. Bundan tashqari, tunuka qoplangan katta A., katta silliqlash A.si, namat qoplangan dyuralyuminiyli kichik A., tashqi qirra A.si, ichki qirra A.si, rusta chikargich A., kurakcha A. (masterok), galtel A.si (yarim dumaloq A.) kabi xillari bor. Katta yuzalarni umumiy silliqlashda gazchoʻp (katta yogʻoch A.)dan foydalaniladi.
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
🔥 Top keywords: Oʻzbek xalq dostonlariGoʻroʻgʻliDostonAnton ChexovAlpomishAndoza:Seks ishchi (orden)Jahon adabiyotiGarov (hikoya)Bosh SahifaCholiqushiMaxsus:SearchAleksandr PushkinRuhlar isyoniVatanparvarlikKuntugʻmishOila tarbiyasiGoʻroʻgʻli (obraz)Rashod Nuri GuntekinAmir TemurAlisher NavoiyDostonchilikChingiz AytmatovOilaFalsafaOʻzbekistonXalq ijodiPedagogikaWilliam ShakespeareBerdaqUrush va tinchlikReşat Nuri GüntekinLev TolstoyIslomEstetikaAllohning 99 nomiBemorni parvarish qilishJinoyat va jazoAvestoFyodor Dostoyevskiy