Anarxizm
Anarxizm (yun. anarchia — hokimiyatsizlik, beboshlik) — rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi jamiyat toʻgʻrisidagi taʼlimot. Antik dunyo zamonidayoq anarxizmga xos fikr yuritish alomatlari boʻlgan, qadimgi xristianlikda diniy shaklda, keyinchalik oʻrta asrlar mazhablarida ham uchraydi. Lekin ilmiy nazariya sifatida anarxizm keyin pay-do boʻlgan. Nemis faylasufi K. Shmidt (Shtirner), fransuz olimi P. Prudon, rossiyalik M. Bakunin uning nazariyotchilari hisoblanadi. Anarxizm baʼzi oʻrinlarda liberalizm bilan chatishib ketadi, har qanday davlat hokimiyatini yoʻqotishni va ishlab chiqaruvchilar uyushmalarining federatsiyasini tuzishni yoqlaydi.
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
🔥 Top keywords: Maxsus:SearchBosh SahifaBirinchi yordamMaktabJinsiy aloqaAbu Rayhon BeruniyAsrga tatigulik kunAmir TemurBotir QodirovIkkinchi jahon urushiBasketbolMuhammad YusufVoleybolAlisher NavoiyJadidchilikOʻzbekistonFutbolAnton ChexovOʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxati (2020-2025)DeputatFalsafaQoraqalpogʻistonAl-XorazmiyIslomXristianlikEstetikaEtikaAllohning 99 nomiAvestoVitaminlarAhmad al-FargʻoniyAmerika Qoʻshma ShtatlariIkki eshik orasiTabiatni muhofaza qilishSherali JoʻrayevUndalmaRuhlar isyoniGloballashuvOlmosh