Kisangani
Kisangani (1966-yil iyulgacha Stenlivil) — Kongo Demokratik Respublikasidagi shahar. Yuqori Kongo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 418 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Kongo daryosi boʻyidagi port. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim savdo-taqsimot va sanoat markazi. Kisangani mahsulotlarini dastlabki ishlash (paxta tozalash, sholi oqlash va boshqalar), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, yogʻochsozlik lak-boʻyoq korxonalari, universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1883-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
🔥 Top keywords: Bosh SahifaMaxsus:SearchAndoza:Seks ishchi (orden)Sardor UmrzoqovQurbon hayitiArafaBayroqAnora (film)Amir TemurAllohning 99 nomiBemorni parvarish qilishJuma namoziHisorak suv omboriUEFA Yevro 2024FalsafaBoʻriAlisher NavoiyJinsiy aloqaOʻzbekistonMuzqaymoqShavkat MirziyoyevJadidchilikAbu Ali ibn SinoIMGSRC.RUAvestoTugʻruqPedagogikaIslom KarimovKoreya RespublikasiIslomUndosh tovushlarQoʻqon xonligiHid bilishXufton namoziSinfdan tashqari ishlarXristianlikJaloliddin ManguberdiYahudiylikSoʻz birikmasi