Nyu Meksiko (inglizcha: New Mexico) - AQShning jangʻarbiy qismidagi shtat. Meksika bilan chegaradosh. Mayd. 314,9 ming km2. Aholisi 1,85 mln. kishi (2002), 73% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Albukerke shahri. Shtatning markazi Kr-yali togʻlar (eng baland joyi 4000 m), gʻarbi Kolorodo platosi, janubiy-sharqi LyanoEstakado platosi bilan band. Iklimi subtropik, quruq iklim. Oʻrtacha temperatura iyulda 23°, yanvarda G. Yillik yogʻin 250–500 mm. Eng katta daryosi — Rio-Grande.

Nyu-Meksiko
New Mexico
Shtat
Nyu-Meksiko bayrogʻiNyu-Meksiko tamgʻasi
Nyu-Meksiko bayrogʻiNyu-Meksiko tamgʻasi

Shtat laqabi:
(The Land of Enchantment)

MamlakatAQSH bayrogʻi AQSh
PoytaxtSanta Fe
Eng yirik shaharlarAlbuquerque
Las Cruces
Santa Fe
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 5-oʻrinda

314,915 km²
0.19 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 36-oʻrinda

1,928,384
5.79 kishi/km²
3
5

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 37-oʻrinda

$61,012 million
$32,061

Ittifoqqa kirish

   • Sana

47-boʻlib

6 yanvar 1912

VaqtUTC-7 (MST)
QisqartmaNM [35]
Shtat guliYucca flower

(Yucca glauca)

Shtat daraxtiPinyon

(Pinus edulis)

Nyu Meksiko AQShning aholisi siyrak shtatlaridan. Uran rudasi qazib chiqarishda yetakchi oʻrinda. Kaliy tuzlari, neft, tabiiy gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, oltin, kumush, vanadiy konlari bor. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: rangli metallurgiya, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash. Atom energiyasini oʻrganish markazlari bor. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. Nyu Meksiko hududini 16-asrda ispanlar bosib olgan. 1821 yilda Meksika tarkibiga qoʻshilgan. 1848 yildan AQSH bosib olgan. 1912 yildan AQShning 47-shtati.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil