Khvicha Kvaratskhelia

Khvicha Kvaratskhelia —((talaffuzi: Xivicha Kvaratsxeliya) 2001-yil 12-fevralda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan) Gruziyalik professional futbolchi. Italiya A Seriyaning Napoli klubi va Gruziya terma jamoasida Yarim himoyachisi. Shuningdek u „Kvara“, „Kvaradona“ laqablari bilan mashhur.

Khvicha Kvaratskhelia
Kvaratskhelia, Rubin Qozon, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi12-fevral 2001-yil (2001-02-12) (23 yosh)
Tavallud joyiTbilisi, Gruziya
Boʻyi1.83 m[1]
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Napoli
Raqami77
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2017-yillarDinamo Tbilisi
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2017—2018-yillarDinamo Tbilisi4(1)
2018—2019-yillarRustavi18(3)
2019-yilLokomotiv Moscow (loan)7(1)
2019—2022-yillarRubin Kazan69(9)
2022-yilDinamo Batumi11(8)
2022-yilNapoli12(6)
Milliy terma jamoa
2016—2018-yillarGeorgia U1721(15)
2017—2019-yillarGeorgia U197(3)
2019-yilGeorgia U212(1)
2019-yilGeorgia19(10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-oktyabr uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Faoliyatining boshlanishi tahrir

Kvaratskhelia oʻzining katta futboldagi faoliyatini 2017-yilda „Dinamo Tbilisi“ jamoasida boshlagan, bir yildan soʻng Rustavi jamoasiga oʻtadi[2].

Gruziya U17 termasidagi oʻyini tufayli Kvaratskhelia 2017-yilda GFF tomonidan har yili iqtidorli yosh futbolchilarga beriladigan yangi taqdim etilgan Aleksandre Chivadze oltin medalining birinchi gʻolibiga aylanadi[3]. Keyingi yili u 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida shu nominatsiyasining kumush medalini qoʻlga kiritdi[4].

2018-yilda The Guardian Kvaratskheliani dunyoning 60 ta eng yaxshi yosh futbolchilari roʻyxatiga kiritadi[5].

Kvaratskhelia 2019-yilda Moskvaning Lokomotiv klubida oʻynaydi

2019-yilning 15-fevralida Kvaratskhelia ijara asosida Rossiya Premer-ligasi (RPL)ning Lokomotiv Moskva klubiga oʻtadi[6]. 10-mart kuni Anji ga qarshi oʻyinda Jefferson Farfan oʻrniga 86-daqiqada maydonga tushib ligadagi debyutini oʻtkazadi[7]. 1-iyul kuni Lokomotiv Moskva Kvaratskhelianing ijara muddati tugagach klubni tark etganini eʼlon qiladi[8]. Shundan soʻng, Moskvaning Lokomotiv klubi bosh murabbiyi Yuriy Semin Kvaratskhelia bilan klubda qolish va transfer shartlari borasida kelisha olmaganidan juda afsusda ekanligini aytadi, chunki Semin uni juda iqtidorli deb hisoblar edi[9].

Rubin Qozon tahrir

2019-yilning 6-iyulida Kvaratskhelia Qozonning Rubin klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi[10]. Debyut oʻyinini 15-iyul kuni oʻzining sobiq jamoasi Lokomotivga qarshi bahsning ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushi bilan boshlaydi. Rubin oʻsha oʻyinda 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etadi. Kvaratskhelia klub rasmiy saytida Rubin muxlislari tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi[11].

Umuman olganda, uning transferi bir qancha rus ommaviy axborot vositalarida Rubinning eng omadli xaridi sifatida tan olingan[12]. 2019-yil iyunidan 2020-yilning iyunigacha boʻlgan davrda futbolchining transfer qiymati bir mavsumning oʻzida besh baravarga oshgan. Rubin muxlislari bergan ovozlariga koʻra, Kvaratskhelia 2020—2021-yillarda toʻrt marta, avgust, sentyabr, oktyabr va aprel oylarida Oyning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasini qoʻlga kiritgan[13].

2021-yil boshida L’Equipe XXI asrda tugʻilgan 50 ta eng yaxshi oʻyinchi roʻyxatini eʼlon qildi, Kvaratskhelia esa RPLdan bu roʻyxatga kiritilgan yagona futbolchi edi[14].

Dinamo Batumi tahrir

2022-yil 7-mart kuni FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Rossiyadagi xorijlik futbolchilar shartnomalarini bir tomonlama ravishda 30-iyungacha toʻxtatib qoʻyishlari va shu sanagacha Rossiyadan tashqaridagi klublar bilan shartnoma imzolashlari mumkinligini eʼlon qiladi[15]. Bu esa 2022-yilning 24-martida Qozonning Rubin klubi Kvaratskhelia bilan shartnomasi bekor qilinganini eʼlon qilishiga sabab boʻldi[16]. Shu kunning oʻzidayoq u Gruziyaning Dinamo Batumi jamoasiga kelib qoʻshiladi[17].

Kvaratskhelia Batumi Dinamosi bilan Gruziya ichki chimpionatida11 oʻyinda oʻtkazib, 8 ta gol uradi va ikkita golli uzatmani amalga oshiradi. Erovnuli Liga uni aprel va iyul oylariga toʻgʻri kelgan mavsumning 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topadi[18].

Napoli tahrir

2022-yil 1-iyul kuni A Seriyaning Napoli klubi Kvaratskheliani Batumi Dinamosidan 10 million, bonuslari bilan hisoblaganda12 million yevro evaziga sotib olganini va futbolchi bilan 2027-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi[19][20]. U klubdagi norasmiy debyutini 14-iyul kuni Ekselenza klubi Anaune Val di Nonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazadi hamda ikkita gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshiradi[21][22].

Kvaratskhelianing klubdagi rasmiy professional debyutini 15-avgust kuni, A Seriyaning birinchi tur oʻyinida Hellas Veronaga qarshi oʻtkazadi. Ushbu oʻyinda Neapolliklar 5:2 hisobida gʻalaba qozongan. Kvara debyut oʻyinidayoq gol uradi va golga assistentlik qiladi[23]. Keyingi tur bahsida 21-avgust kuni Monzaga qarshi oʻyinda ikkita gol uradi va A Seriyadagi ilk dublini qay etadi, jamoasi esa 4:0 hisobida gʻalaba qozonadi[24]. Ushbu oʻyinlardan soʻng Kvaratskhelia A seriya toʻpurarlari roʻyxatida birinchi oʻringa koʻtarilib oladi va Napoli tarixida liganing dastlabki ikki uchrashuvida uchta gol urgan birinchi futbolchiga aylanadi[25]. Bundan tashqari, u 2022-yil avgust oyida A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi ham deb topilgan[26].

4-oktyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini safarda Amsterdamning Ayaksiga qarshi oʻyinda (6:1) kiritadi[27]. Bir haftadan soʻng javob oʻyinida golga assistentlik qilgan Kvaratskhelia oʻyinning eng yaxshi futbolchisi[28] deb topildi va Chempionlar ligasida haftaning ramziy jamoasiga kiritiladi[29]. Napoli oʻz Kvaradonasini sotmoqchi emasligi va klubning yangi davrini aynan Khivicha bilan qurishini taʼkidlab oʻtadi.

Milliy terma jamoa tahrir

Kvaratskhelia 2019-yil 7-iyun kuni Gibraltarga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinida boshlangʻich tarkibda Gruziya terma jamoasida debyut qilgan[30]. 2020-yil 14-oktyabrda u Shimoliy Makedoniya bilan (1-1) UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi oʻyinda xalqaro maydondagi dastlabki golini uradi[31]. 2021-yil 28-mart kuni Kvaratskhelia Ispaniya darvozasiga, uch kundan soʻng Gretsiya darvozasiga gol uradi[32]. 2021-yil 11-noyabrda Kvaratskhelianing dubli evaziga Gruziya Shvetsiya ustidan gʻalaba qozonadi[33].

Millatlar ligasi 2022—2023-yilgi mavsumining birinchi bosqichining toʻrtta oʻyinida uch marta gol urib birdaniga ikkita nominatsiyada, jumladan, umumiy reytingda ham futbolchilar roʻyxatida ham birinchi oʻrinni egallaydi[34]. Qolgan ikkita oʻyinda Kvaratskhelia yana ikkita gol kiritadi va bu uni ushbu turnirdagi eng sermahsul Gruziyalik futbolchiga aylantiradi. whoscored.com uni iyun va sentyabr oylarida ramziy jamoasi roʻyxatiga kiritadi va unga C liga oʻyinchilari orasida eng yuqori mavsumiy reyting ochkosini (8,2) beradi[35].

Shaxsiy hayoti tahrir

Xvicha sobiq futbolchi Badri Kvaratskhelianing oʻgʻli boʻlib[36], Uning ikki ukasi bor. Ukasi Tornike (2010-yilda tugʻilgan) hamprofessional futbolchi[37][38]. Turli ommaviy axborot vositalari va muxlislar uni Gruziyalik Messi va Maradonaning izdoshi Kvaradona deb ham atashadi[39][40][41][42][43].

Statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 1-noyabrgacha bo'lib o'tgan o'yinlar[1][44]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha Oʻyin va gollari
KlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJami
ChempionatlarOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Dinamo Tbilisi2017-yilErovnuli Liga411051
Rustavi2018-yilErovnuli Liga18300183
Lokomotiv Moskva2018—2019-yilgiRossiya Premer-ligasi7130101
Rubin Qozon2019—2020-yilgiRossiya Premer-ligasi27310283
2020—2021-yilgiRossiya Premer-ligasi23400234
2021—2022-yilgiRossiya Premer-ligasi192102 [lower-alpha 1]0222
Jami699202000739
Dinamo Batumi2022-yilgiErovnuli Liga118118
Napoli2022—2023-yilgiA seriya126005 [lower-alpha 2]2178
Karyera jami1212860720013430

Xalqaro tahrir

2022-yil 26-sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar[45][46]
Terma jamoa va yil boʻyicha Oʻyinlar va gollari
Milliy terma jamoaYilOʻyinGol
Gruziya201910
202041
202174
202275
Jami1910
Gruziya terma jamoasidagi oʻtkazgan oʻyinlari va gollari roʻyxati
Khvicha Kvaratskhelia tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq.SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
12020-yil 14-oktyabrToshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya  Shimoliy Makedoniya1:01:12020—2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
22021-yil 28-martBoris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya  Ispaniya1:01:22022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
32021-yil 31-martToumba stadioni, Saloniki, Gretsiya  Yunoniston1:11:12022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
42021-yil 11-noyabrBatumi stadioni, Batumi, Gruziya  Shvetsiya1:02:02022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
52:0
62022-yil

2-iyun

Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya  Gibraltar1:04:02022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
72022-yil 5-iyunHuvepharma Arena, Razgrad, Bolgariya  Bolgariya4:15:22022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
82022-yil 9-iyunToshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya  Shimoliy Makedoniya2:03:02022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
92022-yil 23-sentyabrBoris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya  Shimoliy Makedoniya2:02:02022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
102022-yil 26-sentyabrViktoriya stadioni, Gibraltar  Gibraltar1:02:12022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C

Yutuqlari tahrir

Lokomotiv Moskva

  • 2018—2019-yilgi mavsumda Rossiya kubogi sohibi[47]

Shaxsiy

  • Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2019—2020-yilgi, 2020—2121-yilgi[48]
  • Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi: 2020-yil, 2021-yil
  • A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2022-yil avgust[49]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Khvicha Kvaratskhelia Soccerway saytida
  2. „ორი ქართველი ფეხბურთელი მსოფლიოს TOP-60 ტალანტში!“. europop.ge (in Georgian) (11-oktabr 2018-yil).
  3. „ალექსანდრე ჩივაძის პრემია“ (KA). fanebi.com (2017-yil 28-dekabr).
  4. „GFF AWARDS 2018“ (KA). gff.ge (2018-yil 28-dekabr).
  5. „Next Generation 2018: 60 of the best young talents in world football“. theguardian.com, 11 October 2018.
  6. „Хвича Кварацхелия – в "Локомотиве"“ (ruscha). FC Lokomotiv Moscow (15-fevral 2019-yil).
  7. „Anzhi v Lokomotiv game report“ (ruscha). Russian Premier League (10-mart 2019-yil).
  8. „Кварацхелия покинул "Локомотив"“ (ruscha). FC Lokomotiv Moscow (1-iyul 2019-yil).
  9. „Сёмин: из-за ухода Кварацхелии из "Локомотива" у меня потекли слёзы“ (ruscha). Championat (1-iyul 2019-yil).
  10. „ХВИЧА КВАРАЦХЕЛИЯ СТАЛ ИГРОКОМ "РУБИНА"“ (ruscha). FC Rubin Kazan (6-iyul 2019-yil).
  11. „Кварацхелия признан болельщиками «Рубина» лучшим игроком матча с «Локомотивом»“. sovsport.ru (in Russian), 18 July 2019.
  12. „10 лучших молодых игроков РПЛ, которые раскрылись в сезоне 2019/20“. championat.com (in Russian), 31 July 2020.
  13. „ხვიჩა კვარაცხელია რუბინის თვის საუკეთესო მოთამაშე გახდა“. silksport.ge (in Georgian) (3-may 2021-yil). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
  14. „Кварацхелия вошел в топ-50 молодых игроков в мире, первый — Фати“. sport-express.ru (in Russian), 12 February 2021.
  15. „FIFA adopts temporary employment and registration rules to address several issues in relation to war in Ukraine“. FIFA (7-mart 2022-yil).
  16. FC Rubin Kazan (24-mart 2022-yil). „"РУБИН" И ХВИЧА ДОГОВОРИЛИСЬ О ПРИОСТАНОВКЕ КОНТРАКТА“ (ruscha). Press-reliz. Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
  17. „Say what?“. Dinamo Batumi (24-mart 2022-yil). Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
  18. „ელიგის მეორე წრეში საუკეთესო კვარაცხელიაა“. 1tv.ge (in Georgian) (23-iyun 2022-yil).
  19. „NAPOLI FORMALIZES THE PURCHASE OF KVARATSKHELIA OUTRIGHT“. Napoli (1-iyul 2022-yil). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  20. „Khvicha Kavaratskhelia hits New Record with his Transfer to Napoli“. CBW. Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  21. „Napoli vs Anaune on Thu, Jul 14 2022, 16:00 UTC“. FotMob. Qaraldi: 15-iyul 2022-yil.
  22. HIGHLIGHTS | Napoli — Anaune Val di Non, qaraldi: 2022-07-15 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 20 (yordam)
  23. Arcari. „Calcio, Serie A – Verona-Napoli 2–5: Kvaratskhelia show all'esordio, gol e assist per il georgiano“ (italyancha). Eurosport (15-avgust 2022-yil). Qaraldi: 20-avgust 2022-yil.
  24. „È Kvaratskhelia show: doppietta da applausi. E il Napoli travolge 4-0 il Monza“ (it-IT). La Gazzetta dello Sport. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  25. „Khvicha Kvaratskhelia first Napoli player to score 3 goals in 2 opening games“. agenda.ge, 24 August 2022.
  26. „KVARATSKHELIA VOTED SERIE A PLAYER OF THE MONTH“. football-italia.net. Qaraldi: 2-sentabr 2022-yil.
  27. „Ajax 1–6 Napoli“. UEFA (4-oktabr 2022-yil).
  28. „Kvaratskhelia eletto come “Man of the Match” di Napoli-Ajax“ (italyancha). calcionapoli1926.it. Qaraldi: 13-oktabr 2022-yil.
  29. „Champions League team of the week: Gameweek 4“. 90min.com (13-oktabr 2022-yil).
  30. „Georgia v Gibraltar game report“. UEFA (7-iyun 2019-yil).
  31. „Macedonia - Georgia match report“. MacedonianFootball (14-oktabr 2020-yil).
  32. „GREECE - GEORGIA“. Eurosport (31-mart 2021-yil).
  33. „Georgia - Sweden“. uefa.com (11-noyabr 2021-yil).
  34. „Khvicha Kvaratskhelia leads UEFA Nations League players’ ranking“. agenda.ge (2022-yil 15-iyun).
  35. „UEFA Nations League C Grp. 4 statistics“. whoscored.com. Qaraldi: 29-sentabr 2022-yil.
  36. „Meet Khvicha Kvaratskhelia: Who is Rubin's dazzling tiny dancer?“. Russian Premier League (24-oktabr 2020-yil).
  37. „ბავშვი, რომელიც ყველას ატყუებს — 10 წლის კვარაცხელია ძმის კვალზე“. 2022-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-noyabr.
  38. 5 minutes with Khvicha Kvaratskhelia | 5 minuti con Khvicha Kvaratskhelia, qaraldi: 7 September 2022
  39. Nechepurenko, Ivan; Smith, Rory. „The Instant Legend of Kvaradona“ (inglizcha). The New York Times (26-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2022-yil.
  40. „UEFA Nations League Wrap: The 'Georgian Messi' is taking football by storm“. Optus Sport (27-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2022-yil.
  41. Saab, Basil. „Napoli pounced as rivals slept on 'Georgian Messi'“. BeIN Sports Australia (8-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2022-yil.
  42. Bandini. „'Kvaradona' has Napoli fans daring to dream after summer of discontent“. The Guardian (22-avgust 2022-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.
  43. Bysouth. „Who is the Napoli winger Kvaratskhelia who's dubbed as Kvaradona?“. BBC Sport (7-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.
  44. Khvicha Kvaratskhelia WorldFootball.net saytida
  45. „Khvicha Kvaratskhelia“. EU-Football.info. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  46. „Kvaratskhelia, Khvicha“. National Football Teams. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  47. „"Локомотив" – обладатель Олимп-Кубка России по футболу“ (ruscha). Russian Football Union (22-may 2019-yil).
  48. „All individual award winners for RPL 2020/21 season“. Russian Premier League (26-may 2021-yil).
  49. „Khvicha Kvaratskhelia EA Sports Player of the Month for August“. Serie A (9-sentabr 2022-yil). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentabr 2022-yil.

Havolalar tahrir


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found