Internet Movie Database

filmlar, teleseriallar va video o'yinlar bilan bog'liq ma'lumotlarning onlayn ma'lumotlar bazasi

Internet Movie Database (IMDb, tarjimasi Filmlarning Internetdagi bazasi) — filmlar, TV programmalar, aktyorlar, kinochilar, videooʻyinlar va badiiy qahramonlar haqida maʼlumot toʻplangan onlayn maʼlumot bazasi. Saytdan koʻplab odam qoʻllanadi: har oy IMDbga 10 milliondan oshiq qoʻllanuvchi kiradi.[1]

Internet Movie Database
Tijoratmi ha
Sayt turi onlayn maʼlumot bazasi
Roʻyxatdan oʻtish majburiy emas
Qaysi tillarda Inglizcha
Muassisi Amazon.com
Ochilgan sanasi 17-oktabr, 1990
URL http://www.imdb.com/

IMDb 1990-yil 17-oktabrda ochilgan. 1998-yil Amazon.com tomonidan oʻzlashtirilgan. 2012-yil noyabr oyida olingan maʼlumotga koʻra, IMDbda 2 352 367 ta badiiy nom va 4 930 353 ta kishi haqida maʼlumot bor.[2]

2022-yil mart oyi holatiga koʻra, maʼlumotlar bazasida taxminan 10,1 million nom (shu jumladan televideniya epizodlari) mavjud edi.[3]

2023-yil 12-fevral holatiga ko‘ra, Alexa veb-sayt reytingiga ko‘ra, IMDb dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytlar ro‘yxatida 54-o‘rinni egalladi.[4]

Eng sara 250 tahrir

Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar bergan ovozlar yordamida IMDbda eng sara 250 film aniqlanadi.[5] Bu roʻyxatga 25 000 dan oshiq ovoz olgan, 45 minutdan uzoq davom etadigan va hujjatli boʻlmagan filmlargina kiritiladi.

Reyting tahrir

Joriy formula oshkor etilmagan bo'lsa-da, IMDb dastlab ularning vaznli reytingini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalangan:[6]

qaysiki:
  • W vaznli reyting hisoblanadi;
  • R film uchun oʻrtacha reyting hisoblanadi, 1 dan 10 gacha;
  • v film uchun berilgan ovozlar soni;
  • m top 250 roʻyxatiga kirish uchun zarur boʻlgan minimal ovozlar;
  • C butun hisobot boʻyicha oʻrtacha ovoz hisoblanadi.

Eng sara 250 roʻyxati keng koʻlamli badiiy filmlarni oʻz ichiga oladi, jumladan, yirik relizlar, diniy filmlar, mustaqil filmlar, tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan filmlar, ovozsiz filmlar va ingliz tilidagi boʻlmagan filmlar. Hujjatli filmlar, qisqa metrajli filmlar va teleseriallar hozircha kiritilmagan.

2015-yildan beri reytingdagi telekoʻrsatuvlarga bagʻishlangan Top 250 roʻyxati mavjud.[7]


Eng sara 250 ning 20 tasi tahrir

OʻrinFilmChiqqan yili
1.Shoushenkdan qochish1994
2.The Godfather1972
3.The Godfather: Part Two1974
4.Pulp Fiction1994
5.The Good, the Bad and the Ugly1966
6.12 Angry Men1957
7.Schindler's List1993
8.Qora Ritsar2008
9.Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi2003
10.Fight Club1999
11.Imperiya javob qaytarmoqda1980
12.One Flew Over the Cuckooʻs Nest1975
13.Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi2001
14.Muqaddima2010
15.Goodfellas1990
16.Yulduzlar jangi: Epizod IV – Yangi Umid1977
17.Seven Samurai1954
18.The Matrix1999
19.Forrest Gump1994
20.City of God2002

Statistika tahrir

2022-yil dekabr holatiga koʻra IMDbda quyidagicha statistika bor:[8]

TuriSoni
Badiiy film629,807
Qisqa film862,336
TV seriallar235,708
TV epizodlar7,147,915
TV kinolar138,848
maxsus TV uchun39,642
TV qisqa-seriyalar46,417
TV qisqa (shorts english)10,622
Podkast seriyalar24,778
Podcast epizodlar3,076,386
Videolar268,515
Videooʻyinlar33,106


Manbalar tahrir

  1. „Eng mashhur 10 Internet kompaniya (ingl.). CelebJunkyz.com (2009-yil 19-avgust). 2012-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-avgust. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyun.
  2. „Statistika (ingl.). IMDb. Qaraldi: 17-noyabr, 2012.
  3. „10,1 million nom mavjud.“. https://www.imdb.com.
  4. „54-eng koʻp tashrif buyurilgan sayt“. https://www.htmlstrip.com.
  5. „Foydalanuvchilar ovoz bergan eng sara 250 film (ingl.). IMDb. 2009-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 1-mart.
  6. „IMDB Vote FAQ“. IMDb. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
  7. „Top 250 TV“. IMDb. 2016-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  8. „Press Room“. IMDb. 2022-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.

Havolalar tahrir